Hajga borishni orzu qilib, Makkai mukarama va Madinai munavvaraga qadami yetishini diliga jo qilgan yurtdoshlarimizning dastlabki guruhi Andijon zaminidan Madina sari yo‘l oldilar.
Saudiyaga bir necha kun oldin yetib borgan ishchi guruhi hojilarimizni kutib olish uchun barcha zaruriy choralarni ko‘rib qo‘ygan. Biz vatandoshlarimizga oq yo‘l tilash asnosida, yo‘llaringiz ochiq va oydin, ibodatlaringiz maqbulu manzur bo‘lsin deb qolamiz.
muslimun.uz
Alloh taolo aytadi: “Kim Allohga taqvo qilsa, U unga (tashvishlardan) chiqish yo‘lini (paydo) qilur”, (Taloq surasi, 2-oyat).
Izoh:
- Ibn Abbos roziyallohu anhu oyati karimaning “chiqish yo‘li” qismini “dunyo va oxiratdagi har turli tashvishlardan uni qutqaradi”, deb tafsir qilganlar.
- Ali ibn Solihga ko‘ra, “chiqish yo‘li” Alloh taoloning o‘sha bandaga rizq berish bilan uni xushnud etishidir.
- Kalbiy oyatni bunday tafsir qiladi: “Kim musibat paytida sabr qilib, Allohdan qo‘rqsa, Parvardigor unga do‘zax otashidan jannat sari bir chiqish yo‘li ko‘rsatadi”.
- Abul Oliya oyatni: “Turli mashaqqat va tashvishlardan chiqish yo‘li”, deya sharhlagan bo‘lsa,
- Rabi’ ibn Haysam: “Odamni siqadigan hamma narsadan unga chiqish yo‘li ko‘rsatadi”, shaklida tafsir qilgan.
- Husayn ibn Fazlga ko‘ra, oyat tafsiri bunday: “Kim farzlarni ado etish borasida Allohdan qo‘rqsa, Alloh unga jazolanishdan qutulish yo‘lini ko‘rsatadi”.