Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam):
Allohumma inniy a’zu bika min g‘alabatit dayni va g‘alabatil ’aduvvi va shamatatil a’dai.
Ma’nosi: “Yo Alloh! Qarzga botib, chorasiz qolishdan, dushmanimning g‘alabasidan, dushmanimning huzurlanishidan Sendan panoh so‘rayman”, deb duo qilar edilar.
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi huzuridagi jazoni ijro etish departamenti birinchi mintaqaviy hudud 21-son jazoni ijro etish koloniyasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining “Ey bandalarim...” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Toshkent viloyati Zangiota tumani «Al-Imon» jome masjidi imom-xatibi Farrux domla Sultonov qatnashib, kitobning mazmun mohiyatini yig‘ilganlarga tushuntirib berdi.