Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Oktabr, 2026   |   3 Jumadul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:15
Quyosh
06:33
Peshin
12:09
Asr
16:00
Shom
17:48
Xufton
19:03
Bismillah
14 Oktabr, 2026, 3 Jumadul avval, 1448

Chayon

02.08.2018   19799   1 min.
Chayon

Hosid har kuni kimnidir chaqib turmasa, hasad qilmasa turolmaydi. Bu shunday dardki, o‘zi birovga qishda qor bermaydi, o‘zgalar berganini esa ko‘rolmaydi. Goho o‘ziga-o‘zi hasad qilur, bu dardga uni kibru havo solur. Hasad zahrini solishga kimsa topilmasa, o‘zini-o‘zi chaqur. Naqadar ayanchli!

Dunyoda yurak xastaligidan og‘riganlarning aksari hasad sabab ushbu dardga yo‘liqadi, yorug‘ olam nuriga hasad-la boqib, jon taslim qiladi.

Allohning qudrati bilan chayonning bolalari o‘z onalarini yeb kattarar ekan. Hasad ham, hasadchini yeb bitirar ekan.

Ey aziz farzand! O‘zingni hasaddan saqla, ha­sad shunday dardki, u go‘yo achchiq alaf kabidir, u alaf asalga qo‘shilsa, uning ta’mi va rangini buzadi. Hasad qalbning va imonning kushan­da­sidir. Bu dunyoda havas bilan yashagin, hasad bi­lan emas. Shunda orzuingdagi baxtga erishasan.

Ilonu chayondek chaqma har kimni,

Bolasi chayonni yeydi qilib yem.

Qalbingda to‘plasang lim-lim hasadni,

Bir kun kelib, o‘zing yig‘laysan yum-yum.

 

O‘MI Matbuot xizmati

Ibratli hikoyalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Ustozlarga ehtirom: diniy ta’lim muassasalarida bayram tuhfalari ulashilmoqda

22.09.2026   54971   1 min.
Ustozlarga ehtirom: diniy ta’lim muassasalarida bayram tuhfalari ulashilmoqda

1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab ma’rifat ulashuvchi zahmatkash ustozlarimizga yuksak hurmat va ehtirom ko‘rsatilmoqda. Shu munosabat bilan “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan diniy ta’lim muassasalari pedagog va xodimlari holidan xabar olinib, bayram tuhfalari ulashildi. 

Xususan: 

  • Mir Arab o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi ustoz va xodimlariga 40 million so‘mlik moddiy ko‘mak hamda oziq-ovqat jamlanmalari topshirildi.

  • Hadis ilmi maktabida soha fidoyilari ishtirokida ma’rifiy davra suhbati tashkil etilib, mudarris va xodimlarga bayram ehsonlari ulashildi, xayrli duolar qilindi.

  • “Jo‘ybori Kalon” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida 6 nafar ustozga 5 million so‘mdan (jami 30 million so‘mlik) xayriya sertifikatlari, yana 16 nafar muallima va xodimlarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.


Ta’lim muassasalari jamoalari ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda “Vaqf” fondiga samimiy minnatdorlik bildirdilar.


Alloh taolo kelajak avlodni tarbiyalash yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan barcha aziz ustozlarimizning ilm va amallariga baraka bersin, kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati

Ustozlarga ehtirom: diniy ta’lim muassasalarida bayram tuhfalari ulashilmoqda Ustozlarga ehtirom: diniy ta’lim muassasalarida bayram tuhfalari ulashilmoqda Ustozlarga ehtirom: diniy ta’lim muassasalarida bayram tuhfalari ulashilmoqda
O'zbekiston yangiliklari