Afsuski, ba’zi ota-onalar xorijga ko‘r-ko‘rona taqlid qilib, farzandlariga “Jumong”, “Ishani”, “Ronaldo”, “Messi” deb ot qo‘ymoqda. Bu ham yetmagandek, dilbandining ko‘rinishini ham o‘shalarga o‘xshatishga intiladi. Farzandining soch turmagi-yu kiyim-kechagini e’tiqodimizga, musulmonchilikka mutlaqo zid bo‘lgan ko‘rinishga keltiradi.
Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qaza’dan qaytardilar. Nofe’dan: “Qaza’ nima?” deb so‘radim. U: “Yosh bola sochining bir qismini olib, bir qismini qoldirish”, dedi (Imom Muslim rivoyati).
Boshqa bir hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim o‘zini bir qavmga o‘xshatsa, bas, u o‘sha qavmdandir”, deganlar (Imom Abu Dovud rivoyati).
Alloh taolo barchamizni to‘g‘ri yo‘lida sobit qadam qilsin.
Davron NURMUHAMMAD
tayyorladi.
Shu yil 10 dekabr kuni Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom intitutida "Tillar" kafedrasi ustozlari tomonidan 3-kurs talabalari bilan o‘qib tugatilgan "SHARHI MULLO" kitobining "Xatmul kutub" tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi "Qur’on va tajvidni o‘rgatish" bo‘limi boshlig‘i Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum ishtirok etib, "Qur’onni tushunishda arab tilining ahamiyati" mavzusida ma’ruza qildi.
AlQuranuz