Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam):
"Ya muqollibal qulubi, sabbit qolbiy ’ala diynik"
Ma’nosi: “Ey qalblarni burib qo‘yuvchi Alloh! Qalbimni dining uzra sobit (mustahkam) qil”, deb duo qilar edilar.
27 iyun – «Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni» munosabati bilan diniy sohada mehnat qilayotgan matbuot xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi Bahramatdin domla Razov diniy sohadagi islohotlar, erishilayotgan yutuqlar hamda amalga oshirilayotgan ezgu tashabbuslarni keng jamoatchilikka operativ, xolis va professional tarzda yetkazishda mehnat qilayotgan soha xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi.
Ularga Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti tomonidan tashakkur bildirib, bayram munosabati bilan esdalik sovg‘alari topshirildi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti