frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

O‘zi bilib qilgunicha uravering

30.07.2018   9151   1 min.
O‘zi bilib qilgunicha uravering

Ota o‘g‘lini uylantirmoqchi bo‘lib, uning ko‘ng­liga qo‘l solib ko‘rdi. O‘g‘il uyalganidan yerga qa­ragancha:

– Ota, bir shartim bor! Shunga xo‘p desangiz, uylanishga roziman, – dedi.

– Xo‘sh, qanaqa shart ekan?

– Meni guzar va bozorlarga olib chiqib ura­ve­rasiz, so‘raganlarga: “Aytganimni qiladi”, deysiz. Men esa munosib kelinni o‘zim tanlab olaman. Ota kelishilganidek, guzar, bozor va boshqa joylarda o‘g‘liga baqirib, urar, so‘raganlarga: “Aytganimni qiladi”, deb javob berardi. Odamlar esa otaning ishidan hayron bo‘lib: “Aytga­ningizni qilsa, yaxshi-ku!” deyishardi. Ota yana bir kuni o‘g‘lini urib turganida, bir qiz so‘rab qoldi:

– Ota, o‘g‘lingizni nima uchun urayapsiz?

– Aytganimni qiladi-da, qizim!

– O‘zi bilib qilgunicha, uravering, – dedi qiz.

Shunda o‘g‘il:

– Ota! Mana shu qizga uylanaman, – dedi.

Azizlar! Birovning ko‘rsatmasi bilan ish qi­ladigan, aqlini ishlatib, biror narsa qilol­maydigan odam hayotda hech narsaga erisholmaydi. Shu bois har bir rahbar, xonadon sohibi va farzandlar birovning aytishini kutmasdan o‘z aqlini ishlatib, ish yuritadigan bo‘lsa, bunday insonlarni xalqqa, vatanga katta yordami tega­di. Shuning uchun o‘zingiz ishingizni bilib qi­lish­ni o‘rganing.

 

“Qasamini buzgan qiz” kitobidan olindi

Ibratli hikoyalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Farg‘onada yana bir og‘ir bemorning holidan xabar olindi

13.09.2026   1465   1 min.
Farg‘onada yana bir og‘ir bemorning holidan xabar olindi

 «Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.

Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.

Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari