1. Allohning amriga bo‘yinsungan bo‘ladi.
2. Salovot va salom aytuvchiga Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning o‘zlari javob qaytaradilar.
3. Alloh taolo salovot va salom aytuvchiga o‘n marta salovot aytadi.
4. Salovot va salom aytuvchi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning shafoatlariga erishadi.
5. Salovot va salom aytuvchiga o‘nta yaxshilik yoziladi.
6. Salovot va salom aytuvchidan o‘nta yomonlik o‘chiriladi.
7. Salovot va salom aytuvchining qalbida nur porlab, yuzining nurafshon bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
8. Salovot va salom aytuvchi saodat va xotirjamlikka yetadi.
9. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam salovot va salom aytuvchini yaxshi ko‘radilar.
10. Salovot va salomni ko‘p aytuvchi qiyomat kuni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga eng yaqin manzilda bo‘ladi.
Jum’a kunida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga salovot va salom aytishning savobi ko‘p bo‘ladi.
Allohumma solli va sallim va baarik ala Muhammad va ala olihi va as'habihi ajma’iyn!
Nozimjon Iminjonov tarjimasi
Ajoyib zarbulmasal, sen uni doim ko‘z o‘ngingga qo‘y!
Bir kuni chumoli Allohning Baytini haj qilish uchun yo‘lga tushibdi. Unga: “Sen bir chumoli bo‘lsang, hajga qanday bormoqchisan? Yetib bora olmasdan o‘lib ketishing aniqku”, deyishdi. Chumoli: “U holda shu yo‘lda o‘lgan bo‘laman”, dedi.
Sen ham ojizlik qilsangda, osiylik qilsangda, Allohning yo‘lida ushbu chumoli kabi bo‘l!
Istig‘for ayt va Robbingga qayt. Qur’on bilan birga bo‘l va uni tashlab qo‘yma!