Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) qabristonga borganlarida “Assalomu alaykum ya ahlal quburi. Yag‘firullohu lana valakum antum salafuna va nahnu bil asar”, der edilar.
(Ey qabriston ahli! Sizga salom bo‘lsin. Alloh sizni va bizni afv qilsin. Siz bizdan oldinsiz. Biz ham sizning izingizdan boramiz).
Hanafiy mazhabimizga ko‘ra, takbiri tahrima bilan namozga kirishda o‘ng qo‘lni chap qo‘l ustiga qo‘yib, qo‘llarini bog‘laydi va kindik ostiga qo‘yadi. Bu amalni ulamolarimiz sunnat deganlar.
Alqama ibn Voil otalari Voil ibn Hujrdan rivoyat qiladi: “Nabiy sallallohu alayhi vasallam namozda o‘ng qo‘llarini chap qo‘llari ustiga qo‘yib, kindik ostiga qo‘yganlarini ko‘rdim”.
Abu Juhayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Ali roziyallohu anhu aytadilar: “Namozda qo‘lni qo‘lning ustiga qo‘yib, kindik ostiga qo‘yish – sunnatdir” (Imom Abu Dovud rivoyati).
@AhliSunnaValJamoaUz