Qashqadaryo viloyat hokimligi hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasining viloyatdagi vakilligi hamkorligida 24 iyul kuni Qashqadaryodan muborak hajga ketayotgan ziyoratchilarning 150 nafari safar oldidan Buxoroi sharif shahriga ziyoratga borishdi.
Ziyoratchilar kecha erta tongda Qarshi shahridagi “Xo‘jai Jarroh” majmuasida yig‘ilib, O‘zbekiston musulmonlari idorasi bepul tashkil etgan maxsus avtobuslarda Buxoro shahriga yo‘l oldilar. Ziyoratchilarga hajga guruh rahbari bo‘lib ketayotgan ellikboshilaridan uch nafari hamda viloyat hokimligi va OAV vakillari hamrohlik qilishdi.
Ziyoratchilar Buxorodagi “Mir Kulol” ziyoratgohi, “Bahouddin Naqshband” majmuasi, “Abu Hafs Kabir” va “Chor Bakr” majmualarini ziyorat qilib, bu xayrli tadbirlarni tashkil etgan mutasaddilarga minnatdorchiliklarini izhor etib, jonajon O‘zbekistonimiz tinch, osmonimiz doimo musaffo bo‘lishini Alloh taolodan so‘rab duolar qilishdi, deb xabar beradi Qashqadaryo viloyati vakilligi Matbuot xizmati.






O‘MI Matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimi Hikmatulloh domla Abiyevga padari buzrukvorining vafoti munosabati bilan ta’ziya bildiradi.
Alloh taolo marhumning barcha solih amallarini husni qabul aylasin, jannati Firdavsdan joy ato qilsin, rahmatiga olsin.
Marhumning ahli bayti va yaqinlariga go‘zal sabr, sabrlariga ajrlar ato etsin. Musibatlari o‘rnini yaxshiliklar ila to‘ldirsin.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun!
«Barchamiz Allohnikimiz va barchamiz U Zotga qaytamiz».
O‘zbekiston musulmonlari idorasi