Sayt test holatida ishlamoqda!
03 May, 2026   |   15 Zulqa`da, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:49
Quyosh
05:18
Peshin
12:25
Asr
17:17
Shom
19:26
Xufton
20:49
Bismillah
03 May, 2026, 15 Zulqa`da, 1447

Agar it tashlanib qolsa...

18.07.2018   7627   1 min.
Agar it tashlanib qolsa...

O‘tmishda ustozlardan biri ko‘p yillar xizmatida bo‘lib dars olgan shogirdlaridan biriga:

– Sen ancha ilm o‘rganding, endi senga ruxsat bersammikan, deb o‘ylayapman-da, ammo turli vaziyatlarda tezkor choralar ko‘rish, uchragan muammolar yuzasidan foydali xulosalar chiqarish kabi masalalarda seni bir sinab olish uchun bittagina savol berib ko‘rsammikan, – debdi.

Shogird:

– Shunday qiling, ustoz, so‘ragan savolingizga to‘g‘ri javob bersam, menga izn bera qoling, – debdi.

– Senga izn bersam, ishonchim komilki, silai rahm qilib, qarindosh-urug‘laringni ziyorat qilasan. Qishlog‘ingga ketayotganingda, yo‘l ustida cho‘ponlarga duch kelasan. Aytaylik, o‘sha cho‘ponlardan birining beshta iti bor. Ana o‘sha itlar senga tashlanib qolsa nima qilasan?

– Qo‘limdagi kaltagim bilan urib haydayman.

– Beshta itga bitta kaltak bilan bas kelib bo‘larkanmi?

– Unda ularni toshlayman.

– Tosh bilan itdan qutulolmaysan.

– Qurolimni chiqarib, o‘ldiraman.

– U holda itlarning egalari seni u yerdan sog‘-salomat qo‘yib yubormaslar. O‘ldirmasalar ham po‘stagingni qoqib, mayib qilib, keyin o‘lgan itlari uchun xun ham talab qiladi.

Shogird boshqa gap topa olmay qoldi:

– Ustoz, savolingizning javobini topa olmadim, yana ozroq vaqt qolib tahsilni davom ettirishim kerak ekan. Ammo ayting-chi, o‘sha itlardan qutulish uchun nima qilishim kerak o‘zi?

Ustoz:

– Tog‘da, adirda, yaylovda – qayerda bo‘lsang ham senga it tashlanib qolgudek bo‘lsa, birinchi qilgan ishing, itning egasini xabardor qilish bo‘lsin. Chunki itlar har doim egalariga yaqin yerda bo‘ladi va egasining bitta so‘zi bilan ortiga qaytib ketadi.

Ibratli hikoyalar
Boshqa maqolalar

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning talbiyalari

01.05.2026   9450   1 min.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning talbiyalari

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning talbiyalari “Labbaykallohumma labbayk. Labbayka laa shariyka laka labbayk. Innal hamda van-ni’mata laka val mulk. Laa shariyka lak” edi (Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Nasoiy rivoyati).