Savol: Sajda qilayotganida burun uzrsiz yerga tegmasa, sajda durust bo‘ladimi?
Javob: Sajdani sunnatga to‘la muvofiq holda ado qilish uchun peshona bilan burun yerga tegishi shart. Sajdada kim uzrsiz burnini yerga tekkizmasa, namozi durust bo‘ladi, ammo bunday qilish makruh sanaladi (“Fatavoi Hindiya”).
Qashqadaryo viloyati Koson tumani imom-xatiblari "Xoja Buxoriy" o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida bo‘lishdi.
Tanishuv davomida mehmonlar ta’lim muassasasi faoliyati, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va o‘quv jarayonlarini ko‘zdan kechirdilar.
Shuningdek, imom-xatiblar tomonidan bilim yurtiga 2 dona sovutkich sovg‘a qilindi. "Xoja Buxoriy" ta’lim muassasasi jamoasi ko‘rsatilgan e’tibor va saxovat uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati