Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Noyabr, 2025   |   1 Jumadul soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:56
Quyosh
07:19
Peshin
12:14
Asr
15:18
Shom
17:03
Xufton
18:19
Bismillah
22 Noyabr, 2025, 1 Jumadul soni, 1447

Tashqi mehnat migratsiya masalalari agentligining xorijdagi vakolatxonalari ochilishi kutilmoqda

14.07.2018   9483   1 min.
Tashqi mehnat migratsiya masalalari agentligining xorijdagi vakolatxonalari ochilishi kutilmoqda

Shu yilning oxirigacha Koreya Respublikasining Gvangchju, Rossiya Federatsiyasidagi Moskva hamda Sankt-Peterburg shaharlarida Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari Agentligining vakolatxonalari ochiladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri agentlik boshlig‘i Ravshan Ibragimov so‘zlariga tayanib xabar bermoqda.

 

«Keyingi yillarda esa ushbu tarmoqlar soni 8 tagacha yetkaziladi», deb qo‘shimcha qilgan agentlik boshlig‘i.

13 iyul kuni tashkil etilgan matbuot anjumanida agentlik tomonidan taklif etilayotgan imkoniyatlar haqida ham so‘z bordi.

Xususan, kam ta’minlangan fuqarolarga tashkil qilingan maxsus jamg‘arma hisobidan imtiyozli stipendiyalar ajratilishi yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi. Shuningdek,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi PQ-3584-sonli qaroriga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Agentlik filiallari huzurida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ishga chiqayotgan fuqarolarga temir yo‘l va aviachiptalarni 20 foizlik chegirma asosida sotishga ixtisoslashtirilgan maxsus kassalar (har bir viloyatda bittadan, butun respublika bo‘ylab jami 14 ta) tashkil etildi.

Anjumanda ma’lum qilinishicha, shu kungacha  qariyb 12,5 mingta fuqaroga Rossiya Federatsiyasida mehnat faoliyatini olib borishlariga yordam berildi.

«2018 yilning 6 oyi mobaynida Janubiy Koreyaga 1243, Rossiya Federatsiyasiga 513, Turkiyaga 241, Polshaga dastlabki 5 nafar fuqarolar ishga yuborildi», deyiladi rasmiy bayonotda.

manba: Kun.uz

Boshqa maqolalar

Oliy ma’hadda “Ey bandalarim...” kitobining taqdimoti o‘tkazildi

20.11.2025   6187   1 min.
Oliy ma’hadda “Ey bandalarim...” kitobining taqdimoti o‘tkazildi

Bugun, 20 noyabr kuni Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom institutida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining bir qudsiy hadis sharhiga bag‘ishlangan “Ey bandalarim...” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

         An’anaga ko‘ra Qur’oni karim tilovati bilan boshlangan tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov, Toshkent islom instituti rektori Uyg‘un G‘ofurov, institutning “Aqoid va fiqhiy fanlar” kafedrasi mudiri Soatmurod Primov, shuningdek, boshqa o‘qituvchi va talabalar ishtirok etishdi.

         Taqdimotda e’tirof etilganidek, mazkur salmoqli asar dinimizning ko‘pgina asoslari, hukmlari, odoblari, qalb ishi bilan bog‘liq nozik nuktalarni qamrab olgan.

Kitob nomiga asos bo‘lgan “Ey bandalarim...” deb boshlanuvchi uzun hadisda Alloh taolo bandalariga bir necha marta xitob qilib, zulmdan, zalolatdan uzoq bo‘lishga chorlaydi. Har nafasda O‘ziga muhtoj ekanimizni eslatadi. “Ey bandalarim! Bular sizning amallaringiz. Men ularni hisoblab qo‘yaman...” deya bizni ogoh etadi.

Qalb Xudoning nazargohi ekan, kitobda keltirilgan mana bu parcha har bir o‘quvchining o‘z qalbini yumshatib, poklab turishida dastur vazifasini o‘taydi:

Ibn Javziy rahmatullohi alayh "Soydul xotir" kitobida aytadi: “Bildimki, agar raqoiq (qalbni yumshatuvchi so‘zlar) va salafi solihlar hayotlariga nazar solish aralashmasa, fiqh va hadis eshitish bilan shug‘ullanishning o‘zi qalbni isloh qilishda yetarli bo‘lmaydi. Faqat halol va haromni bilishning o‘zi qalbni yumshatishda katta ta’sirga ega emas, balki raqoiq hadislar va salafi solihlarning qissalarini zikr etish qalbni yumshatadi”.

So‘zga chiqqanlar asarning ana shunday muhim masalalarni eslatishi bilan ham ahamiyatli ekanini ta’kidlashdi. Yakunda kitob yurtimiz mo‘min-musulmonlari uchun manfaatlarga boy bo‘lishini tilab duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Oliy ma’hadda “Ey bandalarim...” kitobining taqdimoti o‘tkazildi Oliy ma’hadda “Ey bandalarim...” kitobining taqdimoti o‘tkazildi Oliy ma’hadda “Ey bandalarim...” kitobining taqdimoti o‘tkazildi Oliy ma’hadda “Ey bandalarim...” kitobining taqdimoti o‘tkazildi Oliy ma’hadda “Ey bandalarim...” kitobining taqdimoti o‘tkazildi Oliy ma’hadda “Ey bandalarim...” kitobining taqdimoti o‘tkazildi Oliy ma’hadda “Ey bandalarim...” kitobining taqdimoti o‘tkazildi Oliy ma’hadda “Ey bandalarim...” kitobining taqdimoti o‘tkazildi Oliy ma’hadda “Ey bandalarim...” kitobining taqdimoti o‘tkazildi Oliy ma’hadda “Ey bandalarim...” kitobining taqdimoti o‘tkazildi