Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Sentabr, 2026   |   5 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:44
Quyosh
06:04
Peshin
12:18
Asr
16:41
Shom
18:35
Xufton
19:51
Bismillah
16 Sentabr, 2026, 5 Rabi`us soni, 1448

Safardagi hodisa.....

10.07.2018   7881   3 min.
Safardagi   hodisa.....

Bir yigit bemor yotgan qarindoshining holidan xabar olish maqsadida yo‘lga chiqibdi.Qo‘lida ikkita non,meva-chevasi bor.

Birmahal,tutzor bo‘ylab sekin ketayotganida tut tagida yig‘lab o‘tirgan bir kimsaga ko‘zi tushibdi.

Yig‘lab o‘tirgan ul kimsaning holi abgor,soch-soqoli o‘sgan,xarob.

Bu holatga befarq bo‘lib o‘tib ketishni istamagan sofdil yigit o‘sha bechoradan gap nimadaligini so‘rabdi.Shunda haligi bechora:

"Ahvolim yomon birodar! Yeyishga nonim,ichishga suvim yo‘q! O‘zim esa o‘rnimdan turolmayman!Agar qo‘lingdan kelsa non suv ber,uyimga eltib qo‘y!..."  deya javob beribdi.

Noiloj qolgan yigit "Kel,shu bechoraholning hojatini chiqarib ketaqolay" deya rozi bo‘libdi.

Xullas,yigit o‘sha bechoraga qo‘lidagi non-mevasidan beribdi.Yelkasidan tutgancha uning aytgan manzili bo‘ylab orqaga qarab ketaveribdi.

Yo‘l yurishibdi.Uzoq dalalar-u,keng yaylovlardan ham o‘tishibdi.Yo‘l yuraverib kunni ham kech qilishibdi.Bu orada ikkovi ham qizg‘in suhbat qurar,yigitning esa hatto nima maqsadda yo‘lga chiqqani ham yodidan ko‘tarilibdi.

Xullas ikkovi ketaveribdi.Har zamon,har zamonda ikkovi xaxolab kulishar,go‘yo shu yo‘l baxona ming yillik qadrdonga aylanishgandi ular.

Bir mahal ularning oldidan qo‘lida ovqat ko‘targan yosh bola chiqib qolibdi.

Buni ko‘rgan haligi bechorahol, yigitga qarata:"Og‘ayni qorin ham juda ochdi-ku,kel shu bolaning ovqatini tortib olaylik!" deya qistabdi.Yigit boshida ko‘nmabdi,ammo boyadan beri birga kelayotgan "qadrdoni" qo‘yavermagach noiloj bolakaydan ovqatini tortib olibdi...

Mana ikkovi yana yo‘l yurishardi.Bu orada qorinlari to‘q,turli mavzularda tinmay gaplashishardi.Bir mahal ularning oldidan yo‘l chetida jimgina yotgan it chiqib haligi bechoraholning jazavasi tutibdi va yigitga tezda o‘sha itni o‘ldirishini aytibdi.Yigit boshida ko‘nmabdi."Begunoh itda nima ayb?" deya rozi bo‘lmabdi.Ammo o‘sha it bechoraholga qarata akillay boshlagach "qadrdonini" himoya qilish maqsadida yigit noiloj itni o‘ldiribdi.Yigitning bu ishidan o‘sha bechorahol qadrdoni shunday xursand bo‘libdiki,unga cho‘ntagidan quritilgan behi chiqarib beribdi:"Olaqol do‘stim! Meni yetaklab kelayotganing,qornimni to‘yg‘izganing va  barcha aytganlarimni qilganing uchun" debdi.

Xullas yana yo‘lga tushibdilar....Bir mahal sal nariroqdan nurga o‘xshash narsa paydo bo‘lib,ko‘zni qamashtiribdi.Yigit bechorahol qadrdonini yerga o‘tkazib o‘zi sekin nur tomonga boribdi.Borib qarasa nur bo‘lib ko‘ringan narsa odam ekan! Odam bo‘lganida ham Qori-Mulla Qori bobo ekan! Qori boboni ko‘rishi bilan yigit unga salom berib,boshidan o‘tgan hamma narsani aytib beribdi.Shunda Qori bobo o‘sha bechoraholni ko‘rish uchun sal nariroq yurgan ekan....Voajab o‘sha yurolmaydigan bechorahol ko‘zdan g‘oyib bo‘libdi.....

Keyin esa Qori bobo yigitdan o‘sha bechorahol bergan behini so‘rabdi.Yigit cho‘ntagiga qo‘lini tiqibdida qo‘liga ilingan narsani ko‘rib ko‘ngli aynib ketibdi...

Ha,o‘sha kuni yigitning omadi kelib,qarshisidan Qori bobo chiqib qoldi.Yo‘qsa,o‘sha  "qadrdon" JIN og‘aynisi uni yanada dahshatliroq ishlarga undagan bo‘larmidi?!...

Shundan so‘ng yigit yo‘lga chiqsa betahorat yurmaydigan bo‘ldi......

 

 

 

                                                                          Sherzod  Xaydarbekov.....

Ibratli hikoyalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xalq qabulxonasi vakillari ishtirokida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

16.09.2026   9669   1 min.
Xalq qabulxonasi vakillari ishtirokida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasida aholi bilan muloqot tizimini takomillashtirish va murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Unda mazkur yo‘nalishga mas’ul bo‘lgan mutaxassislar bevosita hamda masofaviy tarzda ishtirok etdi.

Tadbirni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov kirish so‘zi bilan ochib, fuqarolarning murojaatlariga yuksak hurmat bilan qarash va ularning dardiga oqilona yechim topish har bir rahbar hamda xodimning nafaqat vazifasi, balki oliy insoniy burchi ekanini alohida ta’kidladi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasining mas’ul vakillari – Davlat tashkilotlari tomonidan murojaatlar ko‘rib chiqilishini nazorat qilish sho‘basi bosh inspektori Saidakmal Xodjayev hamda sho‘ba yetakchi inspektori Rashid Kurganov ishtirok etib, tizimdagi holatni qonunchilik talablari asosida atroflicha tahlil qilib berdilar.

Soha mas’ul mutaxassislari tomonidan ayni yo‘nalishdagi Prezident Farmoni ijrosi doirasida murojaatlarni ko‘rib chiqishda qonuniylik va tezkorlikni ta’minlash, jarayon shaffofligini oshirish hamda murojaatlarni nazoratdan olishning mexanizmlarini to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Ochiq muloqot ruhida o‘tgan mazkur tadbir tizim xodimlarining murojaatlar bilan ishlash madaniyati va huquqiy savodxonligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Amaliy tahlillarga boy bo‘lgan ushbu seminar fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini to‘laqonli himoya qilish hamda xalqimizning diniy-ma’rifiy sohaga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash yo‘lidagi muhim va tizimli qadam bo‘ldi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Xalq qabulxonasi vakillari ishtirokida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi Xalq qabulxonasi vakillari ishtirokida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
O'zbekiston yangiliklari