Cavol: Masjidimiz imomining aytishicha, mahrning eng ozi o‘n dirham ekan. Uning pulimizdagi qiymati necha so‘m bo‘ladi?
Javob: Bizning mazhabimizda mahrning eng oz miqdori o‘n dirham kumush deb belgilangan. Ko‘pining esa cheki yo‘q, ammo hadisi shariflarda mahrning ham oziga qanoat qilgan ayollar maqtalgan.
Bir dirham zamonaviy o‘lchovda 3,12 grammdir, uni o‘nga ko‘paytirsak 31,2 gramm bo‘ladi. Nikoh shartnomasi tuzilayotganida 31,2 gramm kumushning qiymati so‘mda qancha bo‘lsa, o‘sha mahrning eng kam miqdori bo‘ladi. Bundan mahrga ana shu miqdordan ortiq berib bo‘lmas ekan, degan xulosa chiqmaydi. Dinimiz jamiyatning barcha qatlami manfaatini teng himoya qilgani uchun ularning eng kambag‘aliga ham malol kelmaydigan miqdorni belgilagan. Kimning sharoiti ko‘tarsa, bundan ko‘prog‘iga qodir bo‘lsa, ko‘proq ham beraveradi.
#xabar #umra
Avvalroq taniqli va tajribali ulamo, Toshkent shahridagi "Siroj solih" jome masjidi imom xatibi, Toshkent islom instituti o‘qituvchisi Hasan domla Qodirov ellikboshi sifatida umra safariga borishi va u kishiga hamroh bo‘lishni istaganlarga fursatni qo‘ldan boy bermaslik haqida e’lon bergandik (https://t.me/hajumrauz/7580).
Vanihoyat o‘sha lahzalar yetib keldi. Bugun, 24 avgust kuni “Umra – 2025/2026” mavsumining navbatdagi guruh ziyoratchilari Hasan domla Qodirov va boshqa tajribali ulamolar ellikboshiligida Toshkent xalqaro aeroportidan Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi. Safar davomida ziyoratchilarimiz ibodat va ziyoratlarni go‘zal tarzda ado qilish bilan birga ulamolarimizning ta’sirli mav’izalaridan bahramand bo‘ladilar, insho Alloh.
240 nafar hamyurtimiz Toshkent xalqaro aeroportidan "Uzbekistan Airways" havo kemasi orqali Jidda shahriga yo‘l oldi.
Ma’lumot o‘rnida yurtdoshlarimiz dastlab Madina shahrida 3 kun, so‘ngra Makka shahrida 7 kun muborak ziyoratda bo‘ladi.
Shuningdek, ziyoratchilar Madinada “Grand Shahba”, Makka shahrida esa “Al-Ayyam Elite” va “Marmara Hotel” kabi zamonaviy mehmonxonalarda istiqomat qilishadi. Ularga 3 mahal issiq ovqat, shirinlik va sarxil mevalar tortiq qilinadi.
Umra safari davomida ziyoratchilarga tajribali ishchi guruhi, malakali shifokorlar hamrohlik qiladi.
Bundan tashqari, Makka va Madina shaharlarida muborak joylarni ziyorat qilish bilan birga Jidda shahridagi Qizil dengizga sayohatga ham olib boriladi.
Alloh taolo hamyurtlarimizning safarlarini xayrli qilib, Baytulloh yonida duo qilishni barchamizga nasib etsin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati