“Mushtipar Onang seni ko‘zlari to‘rt bo‘lib, zor kutdi.
Kutdi, kutdi…
Mungli yig‘idan ko‘zlari ojiz bo‘ldi…
Yo‘q, yo‘q!!!
U ojiz bo‘lmadi…
Aksincha, quloqlari ko‘zga aylandi…
Nima qimir etsa, shu tomon boshlarin quyi qilib, “Bolam…”, deya – chaqirib, javob kutdi…
Hatto, yomg‘irlarning har tomchisi shitirlashidan seni kutdi… Seni so‘radi…
Sen esa kelmading… Uni sog‘inmading…
U seni qattiq sog‘indi…
Sog‘inch azobida olamdan o‘tdi…
Sen Onangni sog‘inmading-mi?! Sog‘inmading-mi?! Sog‘inmading-mi?!”
Sog‘inganini Uningdek sog‘inib yashashni uddalamagan, faqat sog‘intirib yashagan farzand – Nurali MAVLONOV.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari A.Allaniyazov shahar va tuman bosh imomlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Qoraqalpog‘iston musulmonlari qozisi B. Razov olib borgan tadbirda quyidagi muhim masalalarga e’tibor qaratildi:
Islohotlar targ‘iboti: Yurtimizdagi o‘zgarishlarni xalqqa to‘g‘ri yetkazish va tinchlikni asrashda imomlarning o‘rni;
Ma’rifiy islom: Yoshlarga ijtimoiy tarmoqlarda sof islom dini mazmunini va Hanafiy mazhabi ta’limotlarini to‘g‘ri tushuntirish;
Ma’naviy tarbiya: Juma va kundalik namozlarda dolzarb mavzular bo‘yicha manzilli tushuntirish ishlarini olib borish;
Hamjihatlik: Mahallalardagi ijobiy o‘zgarishlarni e’tirof etgan holda, mamlakat taraqqiyoti yo‘lida bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilish.
Uchrashuv yakunida diniy soha vakillariga berilayotgan e’tibor va imkoniyatlarga munosib ravishda, xalq farovonligi yo‘lida faol xizmat qilish lozimligi ta’kidlandi.
Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti