Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Aprel, 2026   |   23 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:26
Quyosh
05:49
Peshin
12:29
Asr
17:04
Shom
19:04
Xufton
20:20
Bismillah
12 Aprel, 2026, 23 Shavvol, 1447

Usmon qudug‘i

09.07.2018   5522   1 min.
Usmon qudug‘i

Usmon roziyallohu anhu badavlat savdogar edilar. Tabuk g‘azotida musulmonlarning qo‘shinini to‘liq qurollantirgan kishi ham Usmon roziyallohu anhu edilar. Ibni Is'hoq  rahmatullohi alayh: “Usmon tabuk jangchilariga shunchalik ko‘p pul sarfladilarki, hech bir kishi u zot barobarida pul sarflagan emas”, deb yozadi. Usmon roziyallohu anhu Rasulullohning hujralariga ming dinor pulni olib kelib sochib yuborganlar, 950 ta tuya va 50 ta ot hadya qilib olib kelganlar.
Rasululloh hazratlari bunday saxovatlarini ko‘rib:

— Usmon bu ishi bilan aslo zarar qilgani yo‘q, —  deganlar. Keyin esa:

 — Kimki nochor askarni qurollantirsa va rum qudug‘ini sotib olib musulmonlarga hadya qilib yuborsa, u kishiga jannat nasiba bo‘ladi, — deb bashorat qildilar.

Bir yahudiy rum qudug‘ining suvini sotib foydalanardi. Usmon roziyallohu anhu mazkur quduqning yarmini 20 000 tanga va yuzta yosh tuya barobariga sotib oldilar. Musulmonlar o‘zlariga belgilangan muddatda kelib ushbu quduq suvidan olib keta boshladilar. Hech kim yahudiyning suvini olmay qo‘ydi. Buni ko‘rib yahudiy qolgan yarmini ham juda arzon narxga sotib yuboradi. Mazkur quduqning hammasini sotib olganlaridan so‘ng Usmon roziyallohu anhu musulmonlarga Alloh yo‘lida hadya qilib yubordilar.

O‘sha quduq hozir ham mavjud bo‘lib, 1400 yildan ortiq davr mobaynida musulmonlarni shirin suv bilan ta’minlab kelmoqda. Quduq atrofida masjid va xurmo bog‘i mavjud. Bu quduq hozirda “Usmon qudug‘i” deb ataladi.

manba: kamolon.uz

Ibratli hikoyalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Buxoro imomlari uchun qiroat bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi

12.04.2026   3264   1 min.
Buxoro imomlari uchun qiroat bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbusi bilan imom-xatiblar va imom noiblari
uchun tajvid darslari yo‘lga qo‘yilgan.


Shu munosabat bilan shu yil 6 martdan boshlab Buxoro, Xorazm va Toshkent viloyatida tajvid darslarining navbatdagi amaliy mashg‘ulotlari boshlandi.
 

Xususan, shu yil 10 aprel kuni Buxoro viloyatidagi Mir Arab oliy madrasasida hududdagi imom-xatiblar va imom noiblari uchun tajvid va qiroat ilmiga bag‘ishlangan ma’ruza tashkil etildi.


Mazkur tadbirda "Qur’on va tajvidni o‘rgatish" bo‘limi boshlig‘i Shayx Ali Fayzulloh Maxdum ishtirok etib, "Buxoro va Samarqand ulamolarining tajvid va qiroat ilmiga qo‘shgan hissasi" mavzusida mazmunli ma’ruza qildi. 


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Buxoro imomlari uchun qiroat bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi Buxoro imomlari uchun qiroat bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi Buxoro imomlari uchun qiroat bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi Buxoro imomlari uchun qiroat bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari