frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Jilovin mahkam tut...

05.07.2018   5811   1 min.
Jilovin mahkam tut...

O‘zimiz yaxshi ko‘rganni o‘zgalarga ravo ko‘raylik. Imonimiz va nafsimiz xohlamagan narsalarni boshqalarga ravo ko‘rmaylik. Nafsimiz jilovini tortib turaylik, uni hay-haylab yo‘limizga solmasak, qamchilab turmasak, toatu ibodat, savob ishlarga burmasak, bizni o‘ziga qo‘shib jahannamga tortib ketadi.

Valiylardan biri baliqpazning do‘koni oldidan o‘tib qolibdi. Nafsi g‘alayon qilib baliq yegisi kelibdi, borib baliqpazdan baliqning narxini so‘rabdi. Unga javoban baliqpaz narxi ikki tanga ekanini aytibdi. Buni eshitgan Valiy, pul topish niyatida yo‘lida davom etayotganda quduqdan charx aylantirib suv chiqaradigan joyga borib qolibdi. Charx egasi mirobdan:

– Bir kunlik ish haqi qancha bo‘ladi? – deb so‘rabdi.

– Ikki tanga, – debdi mirob va ikkalasi kelishibdi. Ertadan kechgacha tinmay gir aylanib suv chiqargan avliyo qattiq charchab, holdan toyibdi. Xizmat haqiga kelishilgan ikki tangani olib, baliq xarid qilib, yer ekan:

– Ey nafsim, agar yana baliq yeging kelsa, bundan ham qattiqroq ishlataman, – debdi.

Ey aziz farzand! Yomon nafs doimo yomonlikka undar, qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha kam deydi.

Badnafslik xorlikka undagay har dam,

Otashga tusharsan gar bo‘lsang hamdam.

Nafsingni doimo tarbiyat ayla,

Jilovin mahkam tut, yaxshilab boyla.

 

Shermurod Tog‘ayning “Qasamini buzgan qiz” kitobidan

Ibratli hikoyalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Buxorolik ajdodimizning aqida kitobi bo‘yicha ijozalar berildi

22.06.2026   4343   1 min.
Buxorolik ajdodimizning aqida kitobi bo‘yicha ijozalar berildi



Bugun, 22 iyun kuni Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti ustozlari tomonidan buxorolik alloma Nuriddin Sobuniyning “Al-Bidoya fil-hidoya” kitobi bo‘yicha ijoza berish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda soha vakillari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar, OAV vakillari ishtirok etdi.
 

 Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi yetakchi ilmiy xodimi, doktor Ahmad Sa’d Damanhuriy boshchiligida Toshkent islom institutining 17 nafar professor-o‘qituvchisi ikki yil davomida ushbu asarni o‘qib tugatib, ijoza olishga muvaffaq bo‘ldi.



Ma’lumot o‘rnida, Buxoro kalom maktabining ulug‘ namoyandasi Nuriddin Sobuniyning ushbu asari ahli sunna val jamoa, xususan, hanafiy-moturidiylik aqidasini tizimli va mantiqiy asosda yoritib bergan eng mo‘tabar manbalardan sanaladi. Muallifning shoh asari bo‘lmish “Al-Kifoya fil-hidoya”ning muxtasari (ixcham shakli) bo‘lgan bu kitob asrlar davomida Movarounnahr va xorijiy o‘lkalar madrasalarida asosiy darslik bo‘lib kelgan.

 Bu kabi xayrli ilmiy tadbirlar ustozlarning mahoratini oshirish bilan bir qatorda, sof islom aqidasini yot g‘oyalardan himoya qilish va moturidiya ta’limotini xalqimizga to‘g‘ri yetkazishda ulkan ahamiyat kasb etadi.

 O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Buxorolik ajdodimizning aqida kitobi bo‘yicha ijozalar berildi Buxorolik ajdodimizning aqida kitobi bo‘yicha ijozalar berildi Buxorolik ajdodimizning aqida kitobi bo‘yicha ijozalar berildi Buxorolik ajdodimizning aqida kitobi bo‘yicha ijozalar berildi Buxorolik ajdodimizning aqida kitobi bo‘yicha ijozalar berildi Buxorolik ajdodimizning aqida kitobi bo‘yicha ijozalar berildi Buxorolik ajdodimizning aqida kitobi bo‘yicha ijozalar berildi Buxorolik ajdodimizning aqida kitobi bo‘yicha ijozalar berildi Buxorolik ajdodimizning aqida kitobi bo‘yicha ijozalar berildi
O'zbekiston yangiliklari