frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Tabassumingiz sadaqa ekanini bilasizmi?

27.06.2018   3459   2 min.
Tabassumingiz sadaqa ekanini bilasizmi?

Psixologlar tabassumning boshqalarga ta’sirini o‘rganib chiqdilar va “Tabassum – o‘zi bilan kuchli ma’lumotlarni olib yuradi va u ma’lumotlar insonning ichki dunyosiga va aqliga ta’sir qiladi” degan xulosaga keldilar. Ular tadqiqotlari davomida har bir insonning o‘ziga xos tabassumi bo‘lib, boshqalarnikiga o‘xshamasligini, har bir insonning tabassumi turli ta’sir kuchiga ega ekanini aniqladilar. Turli insonlarning tabassumlarini tasvirga tushirib, olingan kadrlarni sekinlashtirib ko‘rganlarida, har bir tabassumga muvofiq shaklda yuzning muayyan harakatlanishini ko‘rdilar.

Bir insonning o‘zida bir necha turdagi tabassum mavjud bo‘lib, bu tabassumlar o‘sha insonning ruhiy holati, aytadigan so‘zi va oldida turgan kishiga qarab o‘zgarar ekan.

Ushbu tadqiqotlarning muhim xulosalaridan biri shuki, kishi tabassum orqali boshqalarga hadya berar ekan. Shuning uchun ham tabassum quyidagi sabablarga ko‘ra moddiy hadyadan ustun turar ekan:

  1. Siz tabassum orqali boshqalarning qalbiga xursandchilik kirita olasiz. Bu esa hadyaning bir turidir. Balki hadyadan ham muhimroqdir. Chunki, o‘rganishlar shuni ko‘rsatyaptiki, insonning xursandchilikka, shodlikka bo‘lgan ehtiyoji gohida taom va ichimlikka bo‘lgan ehtiyojidan ham ustun turadi. Zero, shodlik ko‘plab kasalliklarga malham bo‘ladi. Bu kasalliklarning boshida esa, yurak kasalliklari turibdi.
  2. Siz tabassum orqali ma’lumotni boshqalarga oson yetkaza olasiz. Tabassum orqali yetkaziladigan ma’lumotlar miyaga katta ta’sir ko‘rsatadi. Magnit rezonans tomografiya (MRT)ning aniqlashicha, tabassum bilan yetkaziladigan xabar miyaga turli ko‘rinishda ta’sir ko‘rsatar ekan. Tabassumning miqdoriga, samimiy yoki soxtaligiga qarab, uning miyaga ta’siri turlicha bo‘lar ekan.
  3. Tabassum – noxush vaziyat tufayli hosil bo‘lgan o‘rtadagi tanglikni yumshatadi. Bu ishni pul qila olmasligi mumkin. Shuning uchun ham tabassum moldan muhimroq sanaladi.
  4. Tabassum va shifo: ko‘plab shifokorlar tabassumning shifo topishga ta’siri borligini mulohaza qilib qoldilar. Shuning uchun ham ba’zi tadqiqotchilar “Tabibning tabassumi – muolajaning bir qismi hisoblanadi” deb baralla aytmoqdalar.

Demak, siz do‘stingizga yoki ayolingizga yoki biror insonga tabassum hadya etsangiz, go‘yoki unga (o‘ziga sezdirmasdan) tekin muolaja retseptini yuborayotgan bo‘lasiz. Bu ham katta hadyaning turlaridan biridir.

Shu va boshqa sabablarga ko‘ra tabassum hadya va sadaqaning turlaridan biri hisoblanadi.

Do‘stim! Nabiy sollallohu alayhi vasallam nima uchun “Birodaringning yuziga tabassum ila boqishing sadaqadir” deganlarini endi tushungandirsiz?!

 

 

Nozimjon IMINJONOV

tarjimasi

(Maqola muallifi Abduddoim Kahel)

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Diniy ta’lim muassasalariga qabul davom etmoqda

03.07.2026   10542   1 min.
Diniy ta’lim muassasalariga qabul davom etmoqda

2026 yilning 30 iyunidan 20 iyuliga qadar O‘zbekistondagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalariga (bakalavriat, magistratura va modul tizimi yo‘nalishlari bo‘yicha) 2026-2027 o‘quv yili uchun abituriyentlardan hujjatlar qabul qilinadi.

Bu yilgi qabul jarayonida abituriyentlarga katta qulaylik yaratilib, hujjatlarni respublikaning istalgan hududidagi o‘ziga yaqin diniy ta’lim muassasasi qabul hay’ati orqali boshqa bir ta’lim maskaniga topshirish imkoniyati berilmoqda.



O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari