Sayt test holatida ishlamoqda!
05 May, 2026   |   17 Zulqa`da, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:45
Quyosh
05:16
Peshin
12:25
Asr
17:18
Shom
19:28
Xufton
20:52
Bismillah
05 May, 2026, 17 Zulqa`da, 1447

Tabassum

27.06.2018   6329   1 min.
Tabassum

Jajjigina qizaloq mahzun musofirga qarab jilmayib qo‘ydi. Bu mayin jilmayish musofirning ko‘nglini chog‘ qildi va bir vaqtlar o‘ziga yordam bergan do‘stiga minnatdorchilik bildirib qo‘yishi lozimligini xotirlatdi.

Darhol bir SMS yozib unga jo‘natdi. Do‘sti bu tashakkurnomadan shu qadar xursand bo‘ldiki, har kuni tushlik qiladigan restoranda xizmat ko‘rsatadigan ofitsiant qizga xiylagina hadya qoldirib ketdi.  Ofitsiant qiz umri bino bo‘lib birinchi marta bunday katta hadya olayotgan edi. Kechqurun uyiga qaytarkan, qo‘liga tushgan pulning bir qismini har zamon ko‘cha boshida o‘tiradigan faqir odamning kepkasiga tashladi. 

Faqr odam shu qadar ko‘p pulni ko‘rib shunchalar minnatdor bo‘ldiki, ikki kundir tomog‘idan bir luqma taom o‘tmagan edi. Qornini ilk daf’a rosmana to‘ydirdi, ko‘pqavatli uyning podvalidagi bittagina xonasiga olib boradigan yo‘ldan masrurona  yurib keldi, kayfiyati shu qadar chog‘ ediki, sovuqda angillab diydirab turgan kuchuk bolasini ko‘rib qolgani zahoti uni ko‘tarib oldi.

Kuchukvachcha kechaning sovug‘idan qutulganidan xursand edi. Issiqqina xonada saharga qadar chopqillab o‘ynadi. Tunning yarmida uyni tutun qopladi, yong‘in boshlangan edi. Tutunni ko‘rgan kuchukcha shu qadar baland ovozda hura boshladiki, uning ko‘targan shovqinidan dastlab faqir odam uyg‘ondi. Keyin barcha qavatlardagi xonadondagilarni uyg‘otdi. Ota-onalar tutundan bug‘ilishiga sal qolgan farzandlarini quchoqlab, o‘limdan qutqarib qoldilar. Ularning hammasi bir tiyinlik moddiy qiymati bo‘lmagan bir tabassum sharofati edi.

 

O‘MI Matbuot xizmati

Ibratli hikoyalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Baxtli va baxtsiz odam

05.05.2026   3678   1 min.
Baxtli va baxtsiz odam

Bismillahir Rohmanir Rohiym

"Taqdirda baxtli deb yozib qo‘yilgan odam haqiqiy baxtlidir. Shuningdek, taqdirda baxtsiz yoki badbaxt deb yozib qo‘yilgan inson haqiqiy baxtsizdir. Taqdir esa insonlardan sir tutiladi, u faqat Allohgagina ma’lumdir. Uni hatto, Allohga yaqin bo‘lgan farishtalar ham, payg‘ambarlar ham bilmaydilar. Taqdir to‘g‘risida chuqur xayol yurgizish yoki bahslashish behuda ishdir, balki tug‘yondir. Bundan juda hazar qilish zarur. Uni Alloh taolo o‘ziga xos ilm qilib, bandalarini taqdir to‘g‘risida fikr yuritishdan man etadi. Bir oyati karimada: «Alloh O‘zining qiladigan ishlaridan hech kimga hisobot bermaydi, balki odamlar Unga hisobot berurlar», deyiladi. Kimiki: "Nega Alloh bunday qiladi yoki nega unday qilmadi?" desa, Taqdir hukmini rad etgan bo‘lib, iymondan ajrab qoladi".

"Aqida matnlari" kitobidan  

Jaholatga qarshi ma'rifat