Ozod va obod, mustaqil yurtda yashash inson farzandi uchun ulkan saodatdir. Istiqlol chamanida yashnagan ona Vatanimiz bag‘rida musaffo orzularimiz osmon qadar yuksalayotgani rost. Yaratganga ming shukurki, bu tinch, musaffo, kelajagi buyuk davlatda tug‘ilib kamolga yetish, ilmu fan, kasb-hunar egallash bizning Toshkent Islom instituti talabalariga ham nasib qildi.
Joriy yilning 20 iyun kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida 2017-2018 o‘quv yilining bitiruvchilarining “XATMONA-2018” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari ishtirok etib, bitiruvchilarga oq fotiha berdilar, ularning kelgusi ishlariga sadoqat bilan yondashishlariga ishonch bildirdilar.
O‘MI Matbuot xizmati