Nisholda milliy shirinlik bo‘lib, odatda to‘ylarda, tantanalarda, hayit kunlarida, ro‘za vaqtlarida tayyorlanadi.
Nisholda – shirinmiya ildizi va yetmak eritmasining qaynatmasi, tuxum oqsillaridan olingan, savalangan ko‘piksimon massani karamel sharbati bilan aralashtirish yo‘li bilan tayyorlangan oq tusdagi yarim suyuq shakar mahsulotidir.
Tayyorlash usuli:
Shirinmiya ildizi 3 – 4 porsiyali suvda qaynitb pishiriladi, yuvilgan va to‘g‘ralgan ildiz, suzib oluvchi qopqoq bilan jihozlangan misqozonda bug‘ bilan isitilib to‘ldiriladi. Qozonning taxminan 1/3 qismi shirinmiya ildizi bilan to‘ldiriladi. Qozonga vaqti – vaqti bilan shirinmiya ildizining qaynatmasi solib turiladi. U ikkinchi va uchinchi marta qaynatib pishirilgandan keyin hosil bo‘ladi. Tayyor qaynatma katta yog‘och tog‘oraga yoki bakka to‘kiladi. So‘ngra qaynatma teshigi 1 mm diametrli to‘rdan filtrlanadi. Qozonda qolgan ildizga yana suv quyilib, o‘sha sharoitda 6 – 7 soat davomida qaynatib pishiriladi. Olingan ikkilamchi qaynatma ichi keramika bilan qoplangan boshqa bakka quyiladi. Ikkinchi va uchinchi qaynatishlardan keyin olingan qaynatmalar ozroq konsentratsiyali bo‘ladi.
Uchinchi va to‘rtinchi marta qaynatib pishirilgandan keyin, har safar shirinmiya ildizi sovuq suvda sovutiladi va olib tashlanadi.
Ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi marta qaynatib pishirilib, to‘plangan qaynatma ancha kuchsizdir. Filtrdan o‘tkazilgan tayyor qaynatma lingup bilan o‘raladi.
Karamel sharbatini tayyorlash uchun idishga suv (1 kg shakarga 300 gr suv to‘g‘ri kelishi hisobida) quyiladi va shakar to‘la eriguncha muntazam aralashtirilib qizitiladi, so‘ngra limon kislotasi (2/3 umumiy miqdordan) qo‘shiladi, sharbatni qaynash harorati +112 S ga yetguncha qaynatib pishiriladi. Tayyor sharbat elakdan o‘tkaziladi va harorati +55 – 60 S gacha sovitiladi.
Ko‘piksimon massani tayyorlash uchun sovitilgan tuxum oqsillari 20 – 25 daqiqa davomida savalanadi. Oqsillar savalanayotgan paytida shirinmiya ildizi va jelatin muntazam quyib turiladi va savalash yana 7 – 10 daqiqa to barqaror yumshoq ko‘pik massa hosil bo‘lguncha savalanadi. So‘ngra ko‘piksimon massaga karamel sharbati quyiladi va savalash to‘xtatilmaydi, vanilin va kislota qo‘shiladi, sharbat qo‘shilgandan keyin to bir xil yumshoq massa olinguncha savalash 10 daqiqa davom ettiriladi.
1 kg. nisholdani tayyorlash uchun 900 gr. shakar, 10-12 tuxum oqsili, 1 gr. limon kislotasi, 10 gr. shirinmiya ildizining qaynatmasi, 0,5 gr. jelatin, 0,1 gr. vanilin zarur.
Saudiya Arabistonining turizm va sayohatlarga ixtisoslashgan “Arab Tourist” elektron nashrida “Markaziy Osiyoning qoq markazida joylashgan va Buyuk ipak yo‘li bilan bog‘langan mamlakat” sarlavhali tahliliy maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Maqolada Buyuk ipak yo‘li tarixida o‘zbek shaharlarining tutgan o‘rni alohida e’tirof etiladi. Xususan, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi tarixiy shaharlar asrlar davomida Sharq va G‘arb o‘rtasidagi savdo, fan va madaniyat markazlari sifatida xizmat qilgani ta’kidlanadi. Registon maydoni, Ichan-qal’a va Buxorodagi me’moriy obidalar islom sivilizatsiyasi hamda jahon madaniy merosining bebaho durdonalari sifatida tilga olinadi.
Bundan tashqari, nashr O‘zbekistonning rang-barang tabiati va geografik relefiga to‘xtalib o‘tgan. Qizilqum cho‘li, serhosil Farg‘ona vodiysi, Tyan-Shan va Pomir-Oloy tog‘ tizmalari aholi joylashuvi va qishloq xo‘jaligi rivojida muhim o‘rin tutishi qayd etiladi.
Nashr, shuningdek, Buyuk Mirzo Ulug‘bek kabi donishmandlarning astronomiya va matematika sohasidagi buyuk kashfiyotlarini alohida e’tirof etgan.
Xulosada ta’kidlanganidek, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Namangan va Andijon kabi shaharlar bugungi kunda nafaqat ma’muriy va iqtisodiy, balki jadal rivojlanayotgan yirik madaniy-turistik markazlar sifatida dunyo sayyohlari e’tiborini o‘ziga jalb etmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati