2018 yilning 8 iyun sanasida Toshkent shahar Olmazor tumanidagi "Chimir ota" jome masjidida Qur’oni karim xatmonasi bo‘lib o‘tdi. Xatmonaga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari hamda yurtimizning bir qator ulamolari tashrif buyurdilar. Mazmunli ma’rifiy suhbatlar, duoyi xayrlar tashrif buyurganlarga o‘zgacha quvonch bag‘ishladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Alloh taolo aytadi: "Ularni (Allohning) O‘zi ularga tanitgan jannatga kiritur" (Muhammad surasi, 6-oyat).
Imom Tabariy rahimahulloh: "Jannat ahli jannatdagi uylarini tanib olishadi. Hatto bir kishi jannatda o‘z uyiga dunyodagi uyiga kelgani kabi borib oladi", dedi.
Ibn Kasir rahmatullohi alayhi: "Ya’ni, ular jannatda o‘z manzillarini oson topadilar", dedi.
Imom Qurtubiy rahimahulloh: "Bu oyat mo‘minlarga berilgan ulug‘ bir mujdadir. Chunki dunyoda ular sabr qildilar, iymonlarini mustahkam tutdilar. Endi jannatda o‘z makonlarini Allohning hidoyati bilan osongina topadilar. Bu Allohning ularga lutfidir", dedi.
Alloh taolo mo‘minlar va taqvodorlarni O‘zi ularga tavsiflab, ta’riflab bergan jannatga kiritadi. Bu jannat ular uchun avvaldan tayyorlangan va ular unda o‘z manzillarini xuddi dunyodagi uylarini bilgandek, osongina topadilar.