Bugun 6 Iyun, Muborak Ramazon oyining mag‘firat dahasi, 21-kunlaridir. Toshkent shahridagi bir necha jome masjidlarda bu kecha Qur’oni Karim xatmonasi ya’ni, Kalomullohning so‘nggi suralari o‘qilib, chin ixlos ila duolar qilinadi.
Bugun 06.06.2018 sanasida Toshkent shahridagi uchta masjidda Qur’oni Karim xatmonasi yakuniga yetadi:
1. “Minor” jome masjidi.
(Manzil: Yunusobod tumani, Minor mahallasi Minor berk ko‘chasi 1-uy. Tel. :+998 71 235 17 33, +998 71 234 77 74, +998 90 355 55 21. Masjid rasmiy veb-sayti: www.minor.uz)
Masjid imom-xatibi: Tursunov Anvar qori
Qorilar: Nematov Jahongir To‘lqinovich, Qobulov Abdulbosit Badriddinovich
2. “Avayxon” jome masjidi.
(Manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuvbo‘yi ko‘chasi 87a uy. Tel.: +998 71 265 66 26, +97 771-95-33)
Masjid imom-xatibi: Xoliqov Aliqul
Qorilar: Shukrullayev Muxammad Alixon Xayrulloh o‘g‘li, Shukrullayev Omilxon Xayrulloh o‘g‘li
3. “Oqqo‘rg‘on” masjidi.
(Mirzo Ulug‘bek tumani, “Oqqo‘rg‘on” mahallasi, Oydinko‘l ko‘chasi 29-uy. Tel.: +998 93 595-74-03, +998 91 162-60-42)
Masjid imom-xatibi: Aysakov Fayzirahmon
Qorilar: Boborahimov Fazliddin Nizomiddinovich
Xatmi Qur’ondan keyingi duolar mustajobdir. Ramazonning eng barakotli onlarini qo‘ldan boy bermang azizlar.
O‘MI Toshkent shahar vakilligi Matbuot xizmati
2025 yil 10 iyul kuni Qur’oni Karim xodimi, ustoz, shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum boshchiligida «Qur’on va tajvidni o‘rgatish» bo‘limi xodimlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasiga tashrif buyurishdi.
Ma’lumki, kutubxonada turli mavzudagi nodir qo‘lyozma asarlar, Qur’oni Karim qo‘lyozma nusxalarining namunalari saqlanadi. Mana shunday nodir manbalardan biri Hazrati Usmon mus'hafi hisoblanadi. Qur’oni Karimning ushbu noyob va qadimiy qo‘lyozma nusxasi tadqiqotchilar va keng jamoatchilikning doimiy e’tiborida bo‘lib kelgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2023 yil 22 dekabr kuni o‘tkazilgan Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida muzeylar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha yetti yillik dastur qabul qilinishi e’lon qilindi. Ushbu yig‘ilish davomida berilgan topshiriqlar bo‘yicha 50-son Bayonnomaning 47-bandida Muqaddas kitob – Usmon Qur’oni sahifalarining konservatsiya va restavratsiya qilinishini ta’minlash belgilangan. Mazkur dasturni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi qo‘llab quvvatlovi ostida xorijlik mutaxassislar, jumladan, Kembrij universitetidan Kristine Rose, fransiyalik restavratorlar Aksell Deleau va Koraliye Barbe, Istanbul qo‘lyozmalar ustaxonasi va arxiv bo‘limi mudiri Nil Baydar Usmon mus'hafini bosqichma-bosqich ta’mirlash rejasini ishlab chiqib, kelgusida muhofaza qilish bo‘yicha tavsiyalarni berdilar. Jumladan, «yengil restavratsiya ishlari»ni amalga oshirishdan avval Hazrati Usmon Qur’oni sahifalarini skaner qilish va matnini kodikologik tadqiq qilish bo‘yicha yo‘nalishlar belgilab olindi.
Ushbu xayrli ishlarning davomi sifatida O‘zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida Hazrati Usmon Mus'hafi matnini kodikologik tadqiq qilish bo‘yicha muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda «Qur’on va tajvidni o‘rgatish» bo‘limi mudiri shayx Alijon qori Fayzulloh va Kutubxona mudiri Kamoliddin Mahkamov boshchiligida bo‘lim xodimlari ishtirok etishdi. Yig‘ilishda «Mo‘yi muborak» madrasa-muzeyida saqlanayotgan Hazrati Usmon Mus'hafining tarixi va bugungi kundagi ahamiyati haqida so‘z yuritilib, uni kelajak avlodlar asrab-avaylashga xizmat qiladigan muhim masalalar muhokama qilindi. Jumladan, Hazrati Usmon Qur’oni sahifalari va fondda saqlanayotgan 1905 yilda Sankt-Peterburgda olingan nusxasini kodikologik tadqiq qilish bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirilib, kelgusida qilinadigan ishlar rejalashtirildi.
AlQuranuz