Qur’on musobaqasi g‘oliblari Umraga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Qur’on musobaqasining Respublika bosqichi g‘oliblari Umra ziyoratiga ota-onalari va hamrohlari bilan birgalikda borish imkoniyatini qo‘lga kiritganlari haqida ma’lum qilgan edik.
Bugun, 6 iyun kuni, muqaddas Ramazon oyining 21-kunida erta tongdan Toshkent xalqaro aeroportida Umra ziyoratiga otlangan bir guruh vatandoshlarimizni kuzatish marosimi o‘tkazildi. Ushbu marosim Muslim.uz portali xodimlari tomonidan onlayn namoyish etildi va ko‘plab yurtdoshlarimizning qo‘llab-quvvatlashiga sabab bo‘ldi.

O‘MI Matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Sehrgar insonlarning eng yomoni (fosiqi) va qalbi eng qattig‘idir.
Ulamolar aytadilar: “Qattiq qalb shaytonning uyi va maskanlaridir. Sehr shaytonga itoat qilish va unga yaqinlashish oqibatida sodir bo‘ladi. Ayniqsa, Allohdan o‘zga uchun jonliq so‘yishga buyurish orqali shaytonga yanada yaqin bo‘ladilar”.
Alloma Olusiy rahimahulloh aytadilar: “Shaytonlar faqat o‘zlariga o‘xshash fosiqlargagina yordam beradilar”.
Sehrgar bir qancha eng jirkanch xususiyatlari bilan ham ajralib turadi. Ularning ichida eng birinchisi – yolg‘on. Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ular esa unga o‘zlaridan yuzta yolg‘on qo‘shib, yolg‘on gapiradilar”, deganlar (Muttafaqun alayhi).
Sehrgar o‘zini boshqalardan ustun deb biladi. Takabburlik, kibrga berilish uning ikkinchi xususiyatidir. Bu esa iblisning jannatdan chiqarilishiga sabab bo‘lgan fe’ldir. Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Magar iblisgina mutakabbirlik qildi va kofirlardan bo‘ldi” (Sod, 74).
Sehrgar jinlardan yordam so‘raydilar. Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Va albatta, insdan ba’zi kishilar jinlarning ba’zi kishilaridan panoh so‘rardilar. Bas, bu(jin)lar u(inson)larning gunoh va xorligini ziyoda qildilar” (Jin, 6).
Davron NURMUHAMMAD