Allohga beadad shukrlar bo‘lsinkim, muborak oyi tinchlik, mehr-oqibat, himmat va saxovat kabi an’analarimiz tobora mustahkam qaror topayotgan bir sharoitda, ko‘tarinki ruh bilan o‘tmoqda.
Muborak Ramazon oyi o‘zining xayru barakasi, saxovati, mo‘l-ko‘l ehsonlarini shukuh bilan yurtimiz uzra tarannum etmoqda. Bu oy yurtimiz ahliga surur va faraxlar baxsh etmoqda.
Namangan viloyatidagi barcha masjidlarda tarovih va xatmi Qur’onlar o‘tkazilmoqda. Namozxonlar masjidlarda qorilarning Qur’on o‘qib berishlarini ixlos bilan eshitmoqdalar. Qaysi bir masjidga nazar solsangiz muborak Ramazon oyi shukuhi davom etmoqda. Tarovih namozlarida qatnashayotgan keksalar bilan suhbat qilsangiz ko‘zlarida minnatdorchilik yoshi balqiganini ko‘rib Yaratganga shukronalar keltirasiz.
Ana shunday ne’matlar ichida eng ulug‘laridan biri tinchlik va osoyishtalik ne’matidir. Tinchlik va xotirjamlik bo‘lgan yurtda rivojlanish, taraqqiyot bo‘ladi. Ibodatlar tinch va osoyishtalik bilan ado etiladi. El-yurtimiz uzra baxtu-saodat tarannum etadi.
Alloh taolo Namangan ahliga yana bir ne’mat in’om etdi. Boisi 30 may kuni Namangan shahridagi “Mulla Bozor Oxund” jome masjidiga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari tashrif buyurdilar. Bu tashrif masjidga o‘zgacha tarovat baxsh etdi, masjid ahlining boshi ko‘klarga yetdi.
Muftiy hazratlari tarovih namozidan so‘ng muborak Ramazon oyining fazilatlari va oxirgi yillarda diniy sohada erishilayotgan yutuqlar, istiqlol shukronasi mavzularida ma’ruza qilib, Ramazon oyi yurtimiz uchun barokatli va xayrli, ona Vatanimiz tinch, osmonimiz musaffo, hayotimiz esa farovon bo‘lishini so‘rab duolar qildilar.







O‘zbekiston musulmonlari idorasining
Namangan viloyat vakilligi
Matbuot xizmati
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun O‘zbekiston–Ozarbayjon sammitining ikkinchi kuni tadbirlarida ishtirok etish uchun Buxoro shahriga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, tashrif xayrli amaldan – Bahouddin Naqshband maqbarasi ziyoratidan boshlandi. Qur’on oyatlari tilovat qilinib, xalqimizga tinchlik-farovonlik tilab, duo o‘qildi.
Majmua islom olamining ulug‘ qadamjolaridan biri hisoblanadi. Mazkur ziyoratgoh Naqshbandiya tariqatining asoschisi Bahouddin Naqshband dafn etilgan joyda barpo etilgan bo‘lib, bugungi kunda maqbara, xonaqoh, masjidlar, daxma va so‘fiylik tarixi muzeyini o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati