Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Iyul, 2025   |   26 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:30
Quyosh
05:08
Peshin
12:34
Asr
17:38
Shom
19:55
Xufton
21:25
Bismillah
21 Iyul, 2025, 26 Muharram, 1447

Muftiy hazrat Asaka zavodi ishchilari bilan uchrashdi

30.05.2018   6383   1 min.
Muftiy hazrat Asaka zavodi ishchilari bilan uchrashdi

Muborak Ramazon oyining fazilatli kunlari yurtimiz uzra o‘z nurini taratib turgan shu kunlarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Respublikamizning viloyatlaridagi yurtimiz aholisini muborak Ramazon oy bilan tabriklash asnosida o‘zlarining tashriflarini amalga oshirib kelmoqdalar.

Joriy yilning 25 may kuni Asaka shahridagi "Uz Dong Von Ko" korxonasiga tashrif buyurib, ushbu korxonada ishlaydigan barcha ishchi xodimlarni Muborak Ramazon oyi bilan tabriklab, duoi xayrlar qildilar.

Ramazonning haqiqiy zavqi – Qur’on tilovati va Allohning zikri bilan ongu shuurlarimizni band qilish, ulug‘ oyning ilohiy fayzidan nasibador bo‘lishga chaqirdilar.

Majlis so‘ngida korxona bosh direktori Bahodir Hakimjonovich Muftiy xazratlarining tashrifidan xursand bo‘lgani, xursandchilikdan boshlari ko‘klarga yetgani haqida aytib barcha xodimlar nomidan tashrif uchun minnatdorlik bildirdi.

Muftiy hazratlari ishchilarni ahil-inoq bo‘lib, birdamlikda, sog‘-salomat ishlashlarini Allohdan so‘rab duoi fotiha kildilar.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Fotolavhalar
Boshqa maqolalar

Allohim Sendan qo‘rqaman

16.07.2025   6610   1 min.
Allohim Sendan qo‘rqaman

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: «(Umrida) aslo yaxshilik qilmagan bir kishi o‘z ahliga: «O‘lsam, (jasadimni) kuydirib, yarmini quruqlikka, yarmini dengizga sochib yuboringlar. Allohga qasamki, agar Alloh meni topib olsa, hech kimga bermagan azobi bilan azoblaydi», dedi.

O‘sha odam o‘lgach, buyurganidek qilishdi. Alloh quruqlikka buyurdi, u (kulning) o‘zidagi qismini to‘pladi, so‘ng dengizga buyurdi, u ham uning o‘zidagi qismini to‘pladi. Keyin U Zot: «Nega bunday qilding?» dedi. U: «Sendan qo‘rqqanimdan, yo Robbim! Axir O‘zing bilguvchisan!» dedi. Shunda Alloh uni mag‘firat qildi» (Imom Muslim rivoyati).