Sayt test holatida ishlamoqda!
30 Aprel, 2026   |   12 Zulqa`da, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:54
Quyosh
05:22
Peshin
12:25
Asr
17:15
Shom
19:23
Xufton
20:45
Bismillah
30 Aprel, 2026, 12 Zulqa`da, 1447

14.05.2018   50767   1 min.
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Imom Buxoriy va Imom Termiziy nomidagi islom institutlari o‘rtasida memorandum imzolandi

29.04.2026   2646   1 min.
Imom Buxoriy va Imom Termiziy nomidagi islom institutlari o‘rtasida memorandum imzolandi

Shu yil 28 aprel kuni Imom Termiziy nomidagi islom instituti hamda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.


Ushbu hujjat ikki ta’lim dargohi o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, tajriba almashish va birgalikda yirik loyihalarni amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Memorandum doirasida professor-o‘qituvchi va talabalar ishtirokida ilmiy-amaliy seminarlar, xalqaro konferensiyalar hamda qizg‘in davra suhbatlari o‘tkazilishi belgilangan.


Shuningdek, ta’lim jarayoniga eng zamonaviy metodlarni olib kirish, o‘quv-uslubiy ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish va innovatsion yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish asosiy maqsad etib belgilandi. Bu kabi hamkorliklar yurtimizda ilm-fan va diniy ta’lim rivojiga xizmat qilishi, shubhasiz. 

 

“Imom Termiziy” madrasasi
Matbuot xizmati

Imom Buxoriy va Imom Termiziy nomidagi islom institutlari o‘rtasida memorandum imzolandi
O'zbekiston yangiliklari