Ushbu ko'rsatuvda:
04:34 - Tamattu' haji to'g'risida to'liq ma'lumot bersangiz.
06:30 - Oftobda ehromni boshga tashlab olsa bo'ladimi?
14:00 - Hajga boruvchi kishining qarzlari bor bo'lsa, qarz so'ralishiga qaramasdan, qarzning qaytarish muddati kelganda ketaversa ibodati to'kis ado etilgan bo'ladimi?
15:55 - Hajni niyat qilib, ammo hasta kishiga mablag'ini bersa, hajga borgan hisoblanadimi?
19:55 - Haj qilishni chindan xohlagan lekin kambag'alligi tufayli haj qilolmaydiganlar uchun biror bir sahih hadis bormi?
25:05 - Ehromdagi odam boshiga yara chiqqan bo'lsa, agar sochini oldirsa jarohatdan suvi chiqib ketsa boshni atrofidan qaychi bilan ozgina kesib qo'ysa bo'ladimi?
O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qashqadaryo viloyati vakilligida shahar va tumanlar bosh imom-xatiblari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Tadbirni viloyat bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonov kirish so‘zi bilan ochib, yig‘ilganlarni yaqinlashib kelayotgan Mustaqilligimizning 35 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Uchrashuvda davlatimiz Rahbarining tegishli Farmoni bilan bir guruh diniy soha xodimlari «Imom Buxoriy» ordeni bilan taqdirlangani yurtimizda ma’naviy-ma’rifiy sohaga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va tarixiy voqea ekani alohida e’tirof etildi.
Yig‘ilishda «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» ezgu shiori ostida vohada amalga oshirilayotgan xayrli ishlar, yoshlarni Vatanga sadoqat va milliy-diniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi faoliyat sarhisob qilindi.
Shuningdek, tadbir davomida imom-xatiblarga quyidagi ustuvor vazifalar yuklatildi:
Ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan va yakka-yolg‘iz keksalar holidan muntazam xabar olish;
Oilalar totuvligini mustahkamlash va mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash;
Masjidlar, qadamjolar va qabristonlarni obodonlashtirish hamda tozalik tadbirlarida faollik ko‘rsatish.
Yig‘ilish yakunida diniy soha xodimlarining kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilandi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Qashqadaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati