frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

So‘ragan edingiz

07.04.2018   18383   1 min.
So‘ragan edingiz

Cavol: Qibla tarafda uxlab yotgan yoki gaplashib o‘tirgan odamning ortida namoz o‘qisa bo‘ladimi?

Javob: Qiblaga qarab o‘tirgan yo turgan kishining ortida namoz o‘qisa bo‘ladi. Payg‘ambarimiz  Ikrimani  qiblaga yuzlantirib qo‘yib ortida namoz o‘qi­gan­lar.

Ammo namoz­xonga yuzlanib ­tur­gan yoki uni ibodat­dan chal­g‘itadigan darajada baland ovoz bilan gaplashayotganlar yonida, qibla tarafida uxlab yotgan kishi qirshisida o‘qish makruhdir (“Sharhi Avrod”).

O‘MI Matbuot xizmati

 

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Soha rahbarlari mahallalardagi targ‘ibot va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi

06.08.2026   21131   1 min.
Soha rahbarlari mahallalardagi targ‘ibot va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi

Mamlakatimizda mustaqillik bayramining 35 yilligi munosabati bilan “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” hamda “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida hududlarda keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot, obodonlashtirish, xayriya va mehr-oqibat ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur jarayon bilan yaqindan tanishish maqsadida 4 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Muzaffar Komilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiq Toshboyev hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari boshchiligidagi mutasaddilar Toshkent shahri Sergeli tumanidagi “No‘g‘ayqo‘rg‘on”, “Qumariq” va “Ittifoq” mahallalarida bo‘lishdi.

Tashrif davomida soha rahbarlari mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, xayriya va saxovat ishlarini kengaytirish, obodonlashtirish hamda bunyodkorlik ishlarining borishi bilan tanishdi. Shuningdek, mahalliy hokimiyat vakillari, “mahalla yettiligi”, nuroniylar hamda diniy soha xodimlari ishtirokida ushbu yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Mahallalarda o‘tkazilgan sayyor yig‘inlarda “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish”, oilalarda totuvlikni mustahkamlash, yoshlarni ilm-ma’rifatga yo‘naltirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, farzand tarbiyasi hamda aholi muammolarini hal etishda hamjihatlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, xonadonlar atrofi, ko‘chalar, ariqlar va qabristonlarni obod qilish, ularning ozodaligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ham tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Darhaqiqat, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi, eng avvalo, mahallalar hayotida yaqqol namoyon bo‘lishi va aholi kayfiyatida o‘z aksini topishi lozim. Shu ma’noda, joriy yil yakunida mamlakatimiz bo‘ylab “Eng orasta xonadon”, “Eng fayzli hovli”, “Eng obod ko‘cha” va “Eng namunali mahalla” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblarning aniqlanishi mazkur ezgu tashabbuslarning mantiqiy davomi bo‘ladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari