Esnalganida nima uchun qo‘l bilan og‘iz berkitilishini bilish zarur. Buning asoslari yetarli.
Bu haqda hatto Imom Buxoriyning “Al-adab val-mufrad” kitoblarida maxsus “Esnaganda qo‘l bilan og‘izni to‘sish haqida” nomli bob bor. Shu bobda kelgan hadislardan birini zikr qilib o‘tamiz: Abu Said Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) dedilar: “Agar birortangiz esnasangiz, qo‘lingizni og‘zingizga qo‘ying, chunki shayton kiradi”. Esnash kelganida namozdan boshqa hollarda chap qo‘l orqasi bilan og‘iz to‘siladi. Shuningdek, hadislarda esnab turib: “hooh” deyish shaytonning yayrashiga sabab bo‘lishi ham bayon etilgan.
“So‘ragan edingiz” kitobi asosida tayyorlandi
O‘MI Matbuot xizmati
Diniy-ma’rifiy sohada zamonaviy axborot texnologiyalari va media imkoniyatlaridan unumli foydalanish maqsadida Mir Arab oliy madrasasida maxsus ovoz yozish va tasvirga olish studiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Mazkur studiya so‘nggi rusumdagi barcha zarur ovoz va tasvir uskunalari bilan jihozlangan bo‘lib, zamonaviy media talablariga to‘liq javob beradi. Endilikda oliy madrasa ustoz va talabalarining ma’rifiy chiqishlari, onlayn darslar hamda videomurojaatlari mazkur studiyada yuqori sifatda yozib olinmoqda.
Bu kabi imkoniyatlar talabalarning ilmiy va ma’naviy salohiyatini keng ommaga sifatli media mahsulotlar orqali yetkazishda muhim o‘rin tutmoqda.
Naqshband.uz