Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Yahudiylar etmish bir yoki etmish ikki firqaga bo'lindilar. Nasorolar etmish bir yoki etmish ikki firqaga bo'lindilar. Mening ummatim esa etmish uch firqaga bo'linadi”, dedilar.
Boshqa bir rivoyatda: “Yetmish ikkitasi do'zaxda, bittasi jannatda. U – jamoatdir” iborasi ziyoda qilingan (Imom Abu Dovud, Imom Termiziy rivoyati).
Ushbu hadisda va shu ma'nodagi boshqa hadislarda zikr qilingan firqalardan murod aqiydaviy firqalardir, bu erda fiqhiy mazhablar nazarda tutilmagan.
Fiqhdagi ixtilof, sirtdan xilof bo'lib ko'ringan narsa aslida bir narsani ado etishning turli ko'rinishlaridir. E'tiqoddagi bo'linish esa firqachilik deb nomlanadi. Ba'zi firqalar boshqasini kofirga chiqaradi. Firqalarning kelishmovchiliklari tavhid asoslari, qazoi qadar, Payg'ambarlik shartlari kabi masalalarda bo'ladi. Aqiyda kitoblarida ana o'sha firqalarning asosini quyidagi olti firqa tashkil etishi aytilgan:
Mansurjon BOBOYeV,
Navoiy viloyati “Mirxalil Maydon ota” jome masjidi imom-xatibi.
Ayoli vafot etganidan keyin eri juda mayus bo‘lib qoldi. Bir kuni uning yaqin do‘sti uni koyidi:
– Haliyam uylanmadingmi?
– Yo‘q, – dedi u.
– Nega, nahotki boshqa ayollar ichida senga yoqadigani bo‘lmasa?
– Rahmatli ayolimga o‘xshagani topilmasa kerak...
– Qo‘ysang-chi, ayollarning bari bir-biriga o‘xshaydi-ku!..
– Men zohirini aytmayapman. Ichki olamini, botinini aytyapman.
Yigit hayron bo‘lib qarab turgan do‘stiga hayotida bo‘lgan birgina voqeani gapirib berdi:
“Bir kuni ayolim jahlimni chiqardi. Qattiq urishdim va uni ota uyiga haydadim. Jimgina ketdi. Oradan bir necha kun o‘tgach, qilgan ishimdan pushaymon bo‘ldim. Aslida ayb o‘zimdan o‘tganini angladim. Ming andisha bilan qaynotamnikiga bordim. Eshik oldida biroz turib qoldim. So‘ng eshikni taqillatdim. Ayolim ochdi va meni hayratda qoldirib, xuddi oramizda hech gap o‘tmaganday, baland ovozda:
– Assalomu alaykum dadajonisi, safaringiz yaxshi o‘tdimi? – deya tabassum bilan ko‘zini qisib qo‘ydi. Unga bir nimalar demoqchi bo‘lgan edim, u meni qattiq bag‘riga bosib, bunday dedi:
– Gapirmang, ota-onamga sizni “safarga ketdilar”, dedim...
Ana shunday fahmli, oqila edi ayolim. Shuning uchun ham unga hech birini o‘xshatolmay, uylanolmay yuribman, do‘stim”.
Ha, azizlar! Alloh taolo erkakni ayol uchun, ayolni erkak uchun ne’mat qilib bergan. To‘g‘ri, ba’zilar bir-birlarining kamchiliklaridan shikoyat qilib qolishadi. Ammo hech kim benuqson emas. Mukammal ayolni ham, erkakni ham axtarmang bu dunyoda. Hikoyada kelganidek, ba’zida er uchun bir jufti halol butun dunyodagi ayollardan afzal bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, ahli ayolimizni qadrlaylik. Zero, u ham kimningdir farzandi, bolalarimizning onasi. Eng muhimi, Allohning bizga bergan omonatidir.
Akbarshoh RASULOV