frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Sa’d ibn Abu Vaqqos (roziyallohu anhu)

29.03.2018   9675   1 min.
Sa’d ibn Abu Vaqqos (roziyallohu anhu)

Ismlari Sa’d ibn Molik ibn Uhayb ibn Abdumanof ibn Zuhra ibn Kilob ibn Murra, nasabi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning nasablari bilan Kilob ibn Murrada birlashadi. Milodiy 590 yilda tug‘ilgan. Otasining ismi Molik, Molikning kunyasi Abu Vaqqos bo‘lgan. Biroq Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhuning nomiga otasining ismi emas, kunyasi qo‘shib aytilgan. Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu yoshligidan o‘zida jangovarlik sifatlarini mujassam qilgan holda o‘sgan edi. U kishi kamon otishni juda ko‘p mashq qilar edi. Shu boisdan mohir va mashhur kamonchi bo‘lib yetishdi. Ellik to‘rtinchi hijriy sanada 83 yoshli Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu vafot etdi. U kishi Jannatul Baqiy’ga dafn etildi. Jannat bashorati berilgan o‘nlikdan oxiri vafot etganlari Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu edi.

Ahmedov Orif

Sirdaryo viloyati vakilligi xodimi

O‘MI Matbuot xizmati

Siyrat va islom tarixi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Yurtimiz bo‘ylab 6000 nafarga yaqin obodonlashtirish xodimlariga bayram hadyalari ulashildi

26.08.2026   5906   1 min.
Yurtimiz bo‘ylab 6000 nafarga yaqin obodonlashtirish xodimlariga bayram hadyalari ulashildi

Mustaqilligimizning 35 yillik bayrami arafasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda yurtimiz ozodaligiga beqiyos hissa qo‘shib kelayotgan 2500 nafardan ortiq obodonlashtirish xizmati xodimlariga oziq-ovqat jamlanmalari tarqatdi.

Tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad mashaqqatli va sharafli mehnati har doim ham ko‘zga ko‘rinavermaydigan soha xodimlarining mehnatini e’tirof etish, ularning qalbiga bayram shukuhi, xonadonlariga quvonch kiritishdir.

Inson qadrini ulug‘lash va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bu kabi xayrli ishlar shu kunlarda yanada keng quloch yozib, mamlakatimizning barcha hududlarida o‘tkazildi.

Shuningdek, homiylar tomonidan Respublikamiz bo‘ylab 3500 nafarga yaqin ana shunday fidoyi xodimlarning ko‘ngli xushnud etildi.

Bu kabi xayr-saxovatga yo‘g‘rilgan bayram tadbirlari o‘lkamizning barcha go‘shalarida davom etmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari