Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Iyun, 2025   |   13 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:05
Quyosh
04:50
Peshin
12:27
Asr
17:37
Shom
19:58
Xufton
21:36
Bismillah
09 Iyun, 2025, 13 Zulhijja, 1446

Allohning bandalariga bo‘lgan rahmati qayerda?

14.03.2018   4480   14 min.
Allohning bandalariga bo‘lgan rahmati qayerda?

Shu kunlarda ko‘p insonlar Alloh subhanahu va taoloning bandlariga bo‘lgan rahmati ko‘rinishi va nasibasi haqida so‘rashadi. Aftidan, ularning bu surishtirishlaridan tanqidning hidi kelayotgandek yoki biz ko‘p marta eshitgan va o‘qigan ilohiy rahmat ko‘rinishini uchratmay bu qish ham o‘tayotganini ko‘rib, Alloh subhanahu va taoloni behad cheksiz rahmatga ega sifat bilan tasvirlashdan ajablanish ma’nolari sezilayotgandek bo‘ladi.

Men o‘sha so‘rab-surishtiruvchilarning so‘roq savollaridan xayratga tushaman, ular Alloh har yili o‘rgatib qo‘ygan yomg‘irlar misolidagi bandalariga yog‘diradigan Allohning rahmati haqida so‘rab muhokama qiladilar. Keyin insonlar bir-biriga bo‘lgan mehribonchiliklari haqida biror narsa deyishmaydi.

Bir muhit yoki sharoitda yashab turib, ular o‘ngu so‘llari va oldilariga yoki orqalariga burilib qarasalar mehribonlik ma’nosini tanib bo‘lmaydigan darajada o‘zgartirib yuborgan odamlar jamoasini ko‘rar edilar. Faqat Alloh subhanahu va taolo rahim qilgan ozchilik odamlardagina mehribonlik munosabatini uchratardilar.

Alloh ularni o‘rgatib qo‘ygan yomg‘irlar ko‘rinishidagi Alloh azza va jallaning rahmatini nima uchun to‘xtab qolganini surishtiradilar-u, lekin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytgan Allohning bandalariga bo‘lgan rahmati va insonlardagi  mehribonliklariga bog‘liq bo‘lgan rahmat to‘g‘risida surishtirmaydilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar:

“Rahim qilmagan kishiga Rahim qilinmas”.

Mana shu holat ularni taajjublanishlariga, so‘roq-savol qilishlariga balki inkor qilishlariga undaydi.

Agar musulmonlar umumiy ko‘rinishlarida hamdard va mehribon bo‘lganlarida edi, ish esankirash yoki taajjublanishga undamas edi.

Lekin voqelik bu tasavvurning teskarisidir. Balki har birimiz ko‘rib turgan umumiy voqelikda qayerga qanday qaramaylik, odamlar o‘zlari musulmon bo‘lishlariga qaramay, bir-biriga nisbatan salbiy munosabatdalar. Mehribonlik ko‘rinishlarini faqat u yer bu yerdagi tirqishlarda juda oz qolganini ko‘rasiz.

Boylik juda ko‘p, lekin bu boylik egalari o‘zlari va Alloh subhanahu va taoloning nasihatlari o‘rtasidagi to‘g‘rilikni chetga surib qo‘ydilar.

Ular mehribon va hamdard bo‘lishga hamda boyliklarini Alloh azza va jalla taklif etgan mehribonlik yo‘lida unga shukr va hamd aytish uchun ishlatishlariga buyurilgan edilar.

Aksincha, bu o‘rinda cheksiz xashamat va o‘z sohibini Alloh taologa bo‘lgan itoatli bandalik chegarasidan xatarli tug‘yon darajasiga chiqaradigan manmanlik paydo bo‘ldi.

Bu joyda Alloh azza va jalla bergan ne’matga bir qancha odamlarni mast bo‘layotgan voqeligi ko‘rinadi. Ular Alloh azza va jalla ishonib topshirgan ushbu ne’matlardan kibr, tug‘yon va manmanlik darajasida foydalanadilar. Biz bunga juda ko‘p misollarni anchadan beri tavsiflab uni eslatib kelyapmiz. Taajjublanish nimasi, vaholangki ,Rasulullohning: “Rahim qilmagan kishiga rahim qilinmas”, degan so‘zlarida Alloh bandalarining ishida qanday yo‘l tutishini eslatib qo‘ygan.

Shunday tarbiya ko‘rinishlaridan keyin Alloh azza va jallaning bandalariga o‘z rahmatini to‘la namoyish etishiga nima uchun ajablanish kerak? Odob va tarbiya qamchisini ular oldida silkitib turishidan nima uchun  xayron bo‘lish kerak?

Mana shu olamlar Rabbisining bandalari ishida ko‘rsatib bergan yo‘lidir. Shu bilan birga Alloh azza va jalla doimo Rahmon va Rahimdir. U doimo o‘z bandalariga saxovatli va muruvvatli zotdir.

Bandalarini uyg‘otib tarbiya berish uchun hamda adashganlaridan keyin to‘g‘ri yo‘lga chaqirish uchun ulardan goxida yordamini to‘xtatib turadi.

Allohning rahmati va undagi nasibasini surishtirayotgan kishiga hayron bo‘laman. Qanday qilib yeru osmon orasida to‘lib toshgan Allohning rahmatini ko‘rmaydi?

O‘z jisming va ofiyatingdagi Alloh azza va jalla bergan rahmatni ko‘rmaysanmi?

Sening oyog‘ing tagiga yerni tekis to‘shab qo‘ygan va har lahzada hayotingni yangilanib turishi uchun kelib-ketib turuvchi shabadalarni bo‘ysundirib qo‘ygan Alloh azza va jallaning rahmatini ko‘rmayapsanmi?

Atrofingdagi bu dunyoning borliqlarini va senga bo‘ysundirib qo‘ygan narsalaridagi Alloh subhanahu va taoloning rahmat ko‘rinishlarini ko‘rmaysanmi?

Seni yerga yuttirib yubormagan va yerni to‘xtovsiz zilzila bo‘lishiga amr qilmagan hamda atrofingdagi dunyoni halok qiluvchi mikrob bakteriyalar bilan to‘ldirib tashlamagan Alloh subhanahu va taoloning senga bergan rahmatiga qaramaysanmi?

Alloh xohlasa seni shu narsalar bilan halok qilishi mumkin edi.

Seni uyg‘otish uchun va Alloh azza va jallaning buyruqlariga qarashing uchun oldingda tarbiya qamchisini silkitib turishni xohlasa-yu, sen afsuslanib Alloh taolo rahmatining nasibasini surishtirasanmi?!

Hoy odamlar! Agar biz o‘z holimizga qaytsak, nafsimizni Rasululloh sollallohu vasallam hadislarida misol qilib keltirgan mo‘minlik sifatidan juda uzoqlashib ketganini ko‘ramiz.

Payg‘ambarimiz aytadilar:

“Mo‘minlar bir tana misolidirki, uning bir a’zosi shikastlansa boshqa a’zolari ham shiddatu bedorlikda u bilan birga bo‘ladi”.

Ushbu so‘zga nazar solib keyin yana musulmonlarni voqeliklariga qaytib ko‘rsang, ularni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytgan so‘zlariga zid yurganlarini topasan. Chunki ular ushbu so‘zdan oddiygina o‘ngu so‘lga burilib ketdilar. Yo‘q, balki ular Alloh azza va jalla buyurgan narsaga teskari yurganlarini ko‘rasan.

Turli tantanalarda yoziladigan ziyofat bazmlarni ko‘ringlar. Bu ne’matlarni natijasiga qarab o‘ylab ko‘ringlar. Alloh subhanahu va taoloning ne’matlarini tanovuliga kirishayotganlarga qaranglar. Agar Alloh azza va jalla xohlasa bu ne’matlardan ularni bir zumda maxrum qilib qo‘yadi.

Ularga qarang, ya’ni ularning ko‘pchiligida Allohning ne’matlari bilan muomala qilishda manmanlik, jirkanish va tug‘yonlarni uchratasiz.

Kecha aytgan edim, yana eslatib o‘taman: o‘sha ko‘pchilik odamlar taomga qanday munosabatda bo‘lmoqda? Oldidagi taboqlarga turli yemishlar qo‘yiladi. Ular yeb turganlaridan keyin ham u dasturxonda bu shahardagi to‘lib toshgan ochchiqqan kishilarning qorni to‘yadigan darajadagi taomlar ortib qoladi.

Keyin ushbu ortib qolgan taomlar ustiga po‘choq va qog‘ozlarni (ishlatilgan salfetka) solib, uni boradigan joyi sizlar bilganingizdek, ochiqqanlar ham yeyishga jirkanadigan kayfiyatda axlat qutisiga tashlanadi.

U odamlar bu ishni o‘zlariga qoida qilib olganlar. Bu ishlari bilan o‘zlarining dabdaba va takabburliklarini ko‘rsatishi uchun qiladilar.

Bu holatni ko‘rmayapsizmi, ey birodarlar?

Balki tantanalar va kechalari uyda o‘tkaziladigan to‘lib toshgan ziyofat dasturxonlari, restoran va kafe hamda oshxonalarda bo‘layotgan yig‘inlardagi holatni tasavvur qilib ko‘rmaysizlarmi?

Buni boshlab beruvchilari kimlar? Uni boshlab beruvchilari yoki ularning ko‘plari musulmonlardir.

Bu ishni boshlovchilar o‘zlarini islom bilan bezab ko‘rsatadilar. Ular bu tantanalarni bunday ko‘rinishda o‘tkazishlarining sababi, ular o‘zlarini Alloh taolo ehtirom qilgan boylarmiz, deb tasavvur qiladilar. Xo‘p, Alloh ularga ehtirom qilgan bo‘lsa, nima uchun ular bir-birining oldida Alloh bergani bilan faxrlanmaydi,  maqtanmaydi? Nima uchun buni ahamiyatli deb hisoblamaydi? Nima uchun o‘zlaridagi qolgan ne’matlarni chetga surib oyoqlari bilan tepib tashlamaydi?

Bu siz bilgan ko‘rinishdir. Bu odamlarda bo‘lib o‘tayotgan voqelikdir. Yana qaytarib aytaman aksar odamlarning amaldagi voqeliklari…

Alloh azza va jalla aytadi: “Va sizlardan faqat zulm qilganlarning o‘zigagina yetmaydigan fitnadan saqlaning”, (Anfol,25).

Shundan keyin ham Alloh azza va jallaning tarbiya qamchisini silkitib turishi ajoyib g‘ayrioddiy narsami?

Lekin men aytaman:

Agar Alloh o‘z yordamini to‘xtatib qo‘ysa, boylik mast qilgan o‘sha kishilar qayoqqa boradi? Tilla va qog‘ozlari nima qila oladi? Agar Alloh subhanahu va taolo ularni dard bilan bir luqma taom yoki bir ho‘plam suv ichishdan to‘sib qo‘ysa ularning xazina va sandiqlari nima foyda bera oladi? U yer bu yerdagi banklarga topshirgan pul cheklari nimaga yaraydi?

Agar Alloh yerga amr qilib undagi o‘simliklarni quritib qo‘ysa hozirda qimmatboho qog‘oz deb atalayotgan boyliklar menga nima foyda beradi? Alloh osmonga amr etib, mendan o‘z yordamini to‘xtatsa?  Chorva mollarining sutlari qurisa? Oltinni nima qilaman? Boylikni nima qilaman? Bir ho‘plam suvni qaydan topaman? Bir luqma taomni qaydan izlayman?

Kim biror kun Allohning ushbu so‘zi oldida to‘xtalib uni o‘ylab mulohaza qilgan?

“Sen: «Aytinglar-chi, agar suvlaringiz yerga singib ketsa, sizlarga kim osongina topiladigan suvni keltiradi?» deb ayt“ (Mulk, 30).

Allohning ne’matlari bilan ehtiromga ega bo‘lgan inson bandalik libosini kiyishi hamda Allohni uylarini doimo mahkam tutib Alloh subhanahu va taolodan hijolatdan uyalib qalbi ezilib ketishi uning uchun eng munosib ishdir. Ha shunday.

Biz Allohning rahmatini surishtiramiz. Biz bugungi kechaga kirib kelamiz, lekin bilmaymizki, oqibat-natijasi nima bo‘ladi?

Uning natijasi Alloh bilan yangitdan yarashib unga hamd aytgan holimizda uyg‘onsak keyin Alloh osmonga amr qilib o‘z yomg‘irini yog‘dirib bizdan g‘amni ketgazadimi? Yoki yovuzlikda haddan oshib yomonlarga qo‘shilib oyoq osti qilamizmi? Yoki ajoyib bir g‘alati noma’lum yo‘nalishdagi odamdek turaveramizmi?

Agar musulmonlar orasida  ozchilik tavba qilib Allohdan o‘tinib so‘rasalar edi. Lekin ko‘pchilikning voqeligi nima bo‘lmoqda.

Koshki odamlar uyg‘onsalar, koshki o‘sha odamlar tavba qilsalar edi.

Shu bilan birga, men ogohlantirgan vaqtimda ko‘pincha sizlardan ayrim kishilar, uning o‘rnini bosuvchi narsalar to‘g‘risida so‘raydi. O‘rnini bosuvchi narsalar nima? O‘rnini bosuvchi narsalar masjidlarimizni boshqa tantanalar bilan to‘ldiramiz deb aytadiganlardan emasman. Men bu ish bid’atdir deb aytadigan kishilardanman. Biz bid’atdan ogohlantiruvchi kishilarmiz.

Barchamiz o‘z uyida o‘tirib yaratguvchi Rabbisiga istig‘for aytishi hamda Alloh subhanahu va taologa yalinib-yolvorishi kifoya qiladi. Allohdan adolatsizlik qiluvchilarga, yaxshiyu yomonlarga va barcha bandalariga rahm qilishini so‘rashimiz hamda bexosdan keluvchi halokatli yo‘nalishdan uzoq bo‘lishimiz yetarli bo‘ladi. Hamma musulmonlar yashagani kabi har bir odam o‘z ahli ayoli, bolalari va do‘stlari bilan o‘z uyida yashasa – ana shu Alloh taolo buyurgan ishdir…

Musulmonlar bu o‘yin-kulgilardan va halokatga olib boruvchi axloqsizliklardan uzoq bo‘lib Alloh azza va jallaning yo‘lida yurishga faqat ilgari musulmonlar uchratmagan ko‘rinishlarni qabul qiladigan narsani  qilganida kuch topa oladilarmi? Yo‘q unday emas, uning hech hojati yo‘q.

Bo‘layotgan ishlar musulmon jamoalarda bo‘lmoqda. Musulmonlar jamoasi deganimda, har ishning boshida turgan bekami ko‘st yashovchi boylar birinchi o‘rinda shu ishni qilayotganini bildirmoqchi edim. Koshki men ularni masjidlarda va ilm darslarida uchratsam edi. Bir kuni undaylarga: “Koshki men sizlarni ilmiy darslarimda xaftada bir soat ko‘rib tursam edi”, deb aytganimda ular o‘zlarida jirkanishni his etib, shovqin sola boshladilar, junbushga kelib hayajonga tushdilar.

Bizning ishlarimiz shu darajaga borib yetgani juda ajablanarli: Yo‘lda Allohdan uzoqlashib tanazzulga yuz tutdik. Hayotda yuz beradigan mushkulliklar  qorong‘uligida dunyoning o‘yinlari botqog‘iga pastlab sho‘ng‘idik.

Keyin biz go‘zal eslatmalar bilan nasihat qiluvchilarni ham qiynab ularni tang ahvolga soldik.

Mana shu bizning voqeligimiz.

Ha shunday.

Men bir necha yildan buyon o‘sha boylarga qilayotgan ishlarini eslatganimda darg‘azab bo‘lib shovqin qildilar.

Ulardan birortasi ushbu kechada tolibi ilmga aylanib ilm o‘rganish uchun murojaat qilib kitobini olsa, bir ikki soat fiqh, aqoid, tafsir yoki hadis ilmini o‘rganish uchun vaqt ajratsa, keyin ertasi kuni o‘z joyidagi tijorat yoki xizmat ishiga borsa edi. Shunda Allohning rahmati uzilmas edi. Ana shunda baraka orqaga ketmas edi.

Lekin ish sizlar bilib turgan ushbu xolga yetib dunyoyimizning mahbusiga aylandik. Biz bilan Alloh o‘rtasidagi aloqa yo‘llarini uzib tashladik. Natijada ishlar mana shu ahvolga yetib keldi. Shunga qaramay, Alloh bizning qilmishimizdek muomalani bizlarga qilmaydi. Alloh mo‘minlarga rahimlidir. Alloh birov so‘ramasa ham narsalarni ko‘plab ato qiluvchi zotdir. Alloh kechirimlidir.

Alloh azza va jalla ana shunday ko‘rinishda bizlarni eslatib turishni xohlaydi.

Ushbu so‘zimni aytib Allohdan mag‘firat so‘rayman.

Muhammad Sa’id Ramazon al-Butiy rohmatullohi alayh

31-dekabr 1993-yil.

“Eshonguzar” jome masjidi imom-xatibi Abdulloh G‘ulomov tarjimasi.

O‘MI Matbuot xizmati

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

HAMDARDLIK BILDIRAMIZ

06.06.2025   22762   1 min.
HAMDARDLIK BILDIRAMIZ

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Kotibiyat mas’ul xodimi Muhammadamin qori Xoliqovning padari buzrukvori vafoti munosabati bilan u kishining yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.

Oxirat safariga kuzatilgan otaxon el koriga yaraydigan, dinu diyonat yo‘lida xizmat qiladigan farzand va nevaralarni o‘stirdilar, chiroyli tarbiya qildilar.

Alloh taolo marhum otaxonning barcha solih amallarini o‘zlariga hamroh aylab, O‘z mag‘firatiga olsin. Haq taolo marhum otaxonning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlariga ajru mukofotlar ato etsin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan Muhammadamin qori Xoliqovga, u kishining oila a’zolari, yor-birodarlari, yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.

Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.

«Musibat yetganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering».

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
 

Yangiliklar