Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Sentabr, 2026   |   4 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:43
Quyosh
06:03
Peshin
12:18
Asr
16:43
Shom
18:37
Xufton
19:52
Bismillah
15 Sentabr, 2026, 4 Rabi`us soni, 1448

Qutayba ibn Muslim

12.03.2018   26525   10 min.
Qutayba ibn Muslim

Tarixchi olim Muxammad Narshaxiyning yozishicha,  Hazrati Qutayba ibn Muslim 42 hijriyda (milodiy 661) Shomning Boxiliy degan joyida tavallud topdi.

Qutayba ibn Muslimning to‘liq ismi-sharifi Amir Qutayba ibn Muslim ibn Umar ibn Husayn ibn Robiya ibn Xolid ibn Usayd Al-Xayr bo‘lgan.

Qutayba ibn Muslim hazratlari o‘z qavmida sharafga ega, adib va olim edi. Qo‘l ostidagilarga nisbatan adolatli, yuksak axloq sohibi, haqiqatgo‘y edi. Qutayba ibn Muslim yuzaki kamtarlikni yoqtirmas edi.

Qutayba ibn Muslim hazratlari arab lashkarboshchisi bo‘lib, intizomni mustahkam saqlagan, iste’dodli, qat’iyatli va irodasi mustahkam odam bo‘lgan. Har qanday ishni maslahat ila amalga oshirgan.

Qutayba ibn Muslimni 72 hijriy (milodiy 691) yili Arab halifasi Abdurahmon ibn Marvon Xurosonga noib etib yubordi. Xurosonda davlat ishlari bilan birga bu yerda yashovchi xalqlarni Islomga da’vat qilish hamda masjid va madrasalar barpo ettirish uning zimmasiga yuklangan.

U 87 hijriyda (milodiy 706)  Zarafshon vodiysini zabt etdi. Vodiyning eng qadimgi shaharlaridan biri bo‘lgan Poykentga kirib keldi.  89 hijriy  (milodiy 708 yili) Marv va Keshni, 90 hijriy  (milodiy  709) yili Buxoroni zabt qiladi.  93 hijriy (milodiy 712) yili Xorazm va Samarqandga boradi. 94 hijriy (milodiy 713) yili bahoridan Shoshga undan Farg‘ona vodiysiga, to Xitoyning  Qashqar va Urumchisigacha yetib bordi.

Bu yerlarda yashovchi aholining barchasini Islom diniga da’vat qildi, ularni hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallamga ummatlik baxtiga musharraf qildi.

Qutayba ibn Muslim hazratlari qaysi shaharga kirib kelsa avvalo o‘sha shahar xalqini Islom diniga da’vat qilar edi. O‘z ixtiyori bilan Islomni qabul qilganlarni rag‘batlantirar, har xil imtiyozlar berar edi. Masalan, yer solig‘idan, o‘g‘illarini sunnat qilganlarni juz’ya (jon) solig‘idan ozod qilganlar. Bu u zotning dinni yoyishligidagi uddaburonligi bo‘lsa, bergan imtiyozlari xalqparvarligi edi.

Qutayba ibn Muslim hazratlari qaysi shaharni zabt qilsa, o‘sha shaharga masjid, madrasa va azon aytish uchun minoralar qurdirgan. Xususan, Movarounnahr diyoridagi birinchi masjidni Buxoro shahrida 712 yilda qurdirgan.

Mo‘tabar kitoblarimizda Qutayba ibn Muslim hazratlari to‘g‘risida juda ko‘p xabarlar bor. Ismoil Haqqiy (r.a.) “Tafsir ul-Rux ul-Bayon” kitobida bunday yozadi. “Qutayba ibn Muslim hazratlari Jayhunga kelganida birga kelgan askarlariga qarata: “Ey birodarlar! qalbingizda zarracha dunyo (bir shaharni bosib olish, boylik ortirish, insonlarga zulm qilish) umidi bo‘lsa shu yerda qoling, qalbinggizda Alloh taoloning roziligi va uning dinini yetkazish  bo‘lsa menga ergashing, deb  “Parvardigor, o‘zing guvohsan, bizlarning qalbimizda zarracha dunyo umidi bo‘lsa, shu daryoda cho‘ktirgin, qalbimizda faqat sening diningni yetkazish bo‘lsa bizlarga shu daryodan najot bergin” deb duo qildilar va daryoga ot soldi. Butun askarlari bilan salomat daryodan chiqdi”.

Qutayba ibn Muslimning adolatlarvarligi va xalqparvarligi, har qanday holatda adolat bilan ish tutganini tarix manbalarida keltirilgan quyidagi voqea ham yaqqol namoyon etadi. O‘sha davrda odamlar masjidga yig‘ilishdi. Muhokama boshlandi. Musulmon qozi hozir bo‘ldi. Eshikbon a’yonlar ulug‘ini chorladi va uni oldinga o‘tqazdi. So‘ng Qutayba ibn Muslim chaqirilib da’vogar yoniga turg‘izildi. So‘ng qozi a’yonga yuzlanib da’vosini arz qilishga amr etdi. A’yon: “Bu qo‘mondoningiz Qutayba ibn Muslim diyorimizga ogohlantirishsiz kirdi. Hamma mamlakatlarga uch tanlov; islom yo jizya yoki harbni taklif qildi. Ammo bizni hiyla bilan bosib oldi”, dedi.

Qozi Qutaybaga yuzlandi va: “Bu shikoyatga nima deysan?”, dedi. Qutayba unga javob qildi: “Alloh qozini isloh qilsin! Harb bu hiyladir. Bu mamlakat o‘ta qudratli. Fath oldida to‘g‘anoq bo‘lib turgandi. Men bilardimki, agar ikki tomon urishadigan bo‘lsa qonlar anhor bo‘lib oqardi. Alloh meni bu rejaga yo‘lladi. Bu kutilmagan ishimiz bilan musulmonlarni katta zarardan himoya qildik va dushmanimizning jonini asradik. Ha, biz ularni favqulodda holga soldik, lekin ularni qutqardik va ularga islomni tanitdik!”

Qozi unga: “Ey Qutayba, ularni islomga yoki jizyaga yoxud harbga chaqirdilaringmi?” dedi. Qutayba javob qildi: “Yo‘q. Aytgan sabablarimga ko‘ra kutilmaganda hujum qildik”. Shunda qozi dedi: “Ey Qutayba, sen iqror bo‘lding. Agar da’vo qilinayotgan kishi aybiga iqror bo‘lsa muhokama tugaydi. Ey Qutayba, Alloh bu ummatga faqat din tufayligina nusrat bergan. Xiyonatdan saqlanish va adolatla turish din buyukliklaridandir. Allohga qasam biz uyimizdan pokiza Islom dinini yoyishlik uchun jiddi jahd qilish uchun chiqqanmiz. Biz yerga ega bo‘lish, mamlakatlarni bosib olish va nohaq undan oliy bo‘lish uchun chiqmaganmiz!”.

So‘ng qozi bashariyat tarixidagi eng ajib hukmni chiqardi: “Musulmon qo‘shinning hammasi Samarqanddan uch kun ichida qanday tez kirgan bo‘lsa shunday tez chiqib ketsin va shaharni o‘z ahliga qaytarsin. Ularga urushga hozirlanishga fursat berilsin. So‘ng ularni ogohlantirsinlar va Islom yoki jizya yoxud harb o‘rtasida ixtiyor bersinlar. Agar ular harbni tanlasalar, u holda urush bo‘ladi. Bu Alloh taolo shariatining va payg‘ambari sollallohu alayhi vasallam sunnatining tatbiqi bo‘ladi”.

Samarqand ahlini hayrat chulg‘ab oldi. Qo‘shin zudlik bilan shaharni tashlab chiqa boshladi va uch kun o‘tmay unda birorta musulmon qolmadi. Kattayu kichik aholi shahar markazida to‘plandi. Ular bo‘lgan ishga ishonmayotgan edilar. Xulqi bunday qavm basharning eng yaxshisi, uning qozisi qilgan ish mutlaq adolat, o‘zining atbolariga bunday ishlarni buyuradigan din haq din, deya ular o‘zaro gaplashishardi. Ish uzoq cho‘zilmay Samarqand ahli hammalari Islomni qabul qildi.

Yana bir ibratli voqea. U zot Xurosonga kirib kelganida u yerning ahli bo‘lgan bir odam turib turli maqtovli so‘zlar bilan she’r ayta boshladi. Shunda u “Sen men bilan yashab ko‘rdingmi? Nega maddohlik qilasan” deb uni to‘xtatib qo‘ydi.

Qutayba Ibn Muslim hazratlarining shaxsiyati g‘ayratli, uddaburron lashkarboshi, adolatli peshvo, xiyonatni sevmagan, ilmu urfonga, she’riyatga yaqin nozikta’b inson sifatida gavdalanadi. Ammo, Sovet Ittifoqi ta’lim tizimlarining tarixchilari uni qonxo‘r, zolim, adolatsiz va ilm-fan, madaniyatning ashaddiy dushmani sifatida ta’riflaganlar. Afsuski, bizning ayrim vatandosh tarixchilarimiz ham islom dinining bu yerlarga tarqalishi masalasini yoritishda shunday xatolarga yo‘l qo‘ygan.

Qutayba ibn Muslim hazratlarining do‘sti Abdul Malik ibn Marvon o‘sha davrdagi musulmonlarning amiri bo‘lgan. U o‘zining do‘sti va yaxshi tanigan, yaqin odami sifatida imom Qutaybani Xuroson viloyatiga noib qilib tayinlagan edi. Abdul Malik taqvodor obid bo‘lgan. Ibn Sa’dning xabar berishicha, u avval Madinayi munavvaraga amir qilib tayinlangan. U Usmon ibn Affon, Abu Hurayra, Abu Said, Ummu Salama va Muoviya kabi ulug‘ zotlarning nasihatlarini eshitgan. Unga qadar musulmonlar orasida Abdul Malik degan nom bo‘lmagan.

Dahriy tarixchilar “kitoblarni kuydirgan, olimlarni o‘ldirgan” deb sifatlagan Qutayba ibn Muslimni Xuroson viloyatiga ana shu ma’rifatparvar, adolatparvar, xalqparvar Abdul Malik ibn Marvon voliy qilib tayinlagan edi. Siyosat tarixi va tabiatidan ma’lumki, har bir davlat boshlig‘i muhim mansablarga o‘ziga hamfikr odamlarni tayinlaydi. Xalifa Abdul Malik ham Madinai munavvaradagi to‘rt allomaning biri, ilm-madaniyat jonkuyari o‘laroq, o‘zi kabi dunyoqarashga ega bo‘lgan Qutayba ibn Muslimni Xuroson viloyatiga voliy qilib tanlagan edi.

715 milodiy yilning ikkinchi yarmida xalifa Valid vafot etib, hokimiyat uning ukasi Sulaymon qo‘liga o‘tganida Qutayba ibn Muslim unga xizmat qilishdan bosh tortgan. Chunki u otasi va og‘asi kabi ma’rifatparvar, olim va donishmand emas, tabiiyki, Qutayba u bilan hech bir masalada kelisha olmas edi. Bundan g‘azablangan Sulaymon o‘sha yilning oxirida maxsus jallod yuborib, Farg‘ona vodiysida Qutayba ibn Muslimni va uning oilasidagi o‘n bir kishini qatl qildirgan va keyinroq bu qilmishidan pushaymon chekkan edi! Bu voqealar xususida arab shoiri Jarir: “Bir yaralgan Qutaybani o‘ldirdilar, Joni uchib ketgandan so‘ng o‘kindilar! Dunyodagi bu pushaymon hech narsamas, Oxiratda “attang!” degan yomon bo‘lar!” deb yozgan edi.

Yana bir manbalarda turkiy xalqlar Qutayba ibn Muslim hazratlari o‘ldirilganida: “Ey arablar! Uni o‘zingiz o‘ldirdingiz, agar u bizdan bo‘lganida edi – biz uni qadrlar edik. Agar vafot qilsa, undan baraka xosil qilishlik uchun tobutga solib, janglarimizga olib chiqqan bo‘lar edik”,  degan ekanlar.

 Yurtimizda qanchadan-qancha xalq mo‘min-musulmon baxtiga musharraf xolda yashab keldilar va kelmoqdalar. Nafaqat oddiy musulmon, balki Islom dinining rivoji va taraqqiyoti uchun hissa qo‘shgan olim va ulamolar bu yurtlardan yetishib chiqdi. Bu zotlarning ismlarining o‘zini yozilsa,  ulamolar ismlaridan iborat alohida bir kitob hosil bo‘ladi.  Bu Qutayba ibn Muslim hazratlari duolarining sharofati va xolis xizmatlari tufaylidir.

Shunday mo‘tabar inson     milodiy 715 yili bizning aziz diyorimiz, Andijon viloyatining Jalaquduq tumaniga dafn qilingan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf – Islom tarixi;

Shayx Muhammad Xuzariy – Ummaviylar davlati tarixi;

Shayx Ismoil Bursaviy – Ruxul Bayon tafsiri;

Maxmud Shayt Xattot – Mavorounnahr qo‘mondarlari;

Imom Narshaxiy – Buxoro tarixi;

O‘zbekiston Islom ensiklopediyasi.

N.Xoliqnazarov,

Andijon viloyati bosh imom-xatibi

O‘MI Matbuot xizmati

Siyrat va islom tarixi
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Diniy-ma’rifiy taraqqiyot va ma’naviy yuksalishning poydevori

05.09.2026   55922   10 min.
Diniy-ma’rifiy taraqqiyot va ma’naviy yuksalishning poydevori

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi - xalqimiz tarixidagi eng muhim va qadrli sanalardan biri. 1991 yilda O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida dunyoga tanilishi xalqimizga o‘z taqdirini o‘zi belgilash, milliy qadriyatlarini tiklash va mamlakatni o‘z taraqqiyot yo‘lidan olib borish imkonini berdi. O‘tgan yillar davomida mamlakatimizda keng ko‘lamli o‘zgarishlar ro‘y berib, bugun Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida izchil islohotlar olib borilmoqda.


Mustaqillik yillarida milliy va diniy qadriyatlarimizni tiklashga alohida e’tibor berildi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar yangi bosqichga ko‘tarildi. Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash, diniy ta’lim olish uchun shart-sharoitlar yaratish, diniy muassasalar faoliyatini rivojlantirish va jamiyatda diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash bo‘yicha muhim ishlar amalga oshirilmoqda.


Bugun O‘zbekistonda islom dinining asl mohiyatini, uning ilm-ma’rifatga, insonparvarlikka, mehr-oqibat va tinchlikka da’vat etadigan ezgu ta’limotlarini o‘rganishga katta ahamiyat berilmoqda. Diniy ta’lim muassasalari faoliyati takomillashtirilib, diniy kadrlar tayyorlash va ularning kasbiy bilimini oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda.


Yurtimizda islom dini rivojiga ulkan hissa qo‘shgan mashhur allomalarning ilmiy merosini o‘rganish ham ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylandi. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg‘inoniy kabi buyuk allomalar asarlarini chuqur o‘rganish, ularning ilmiy merosini yosh avlodga yetkazish va xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish bo‘yicha ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirilayotir. Bu ishlar xalqimizning milliy g‘ururini yuksaltirish bilan birga, yoshlarni ilm-fanga, ma’naviy kamolotga intilishga qiziqtiradi.


Diniy sohadagi islohotlarning yana bir muhim yo‘nalishi - diniy bag‘rikenglik va konfessiyalararo totuvlikni ta’minlashdir. O‘zbekiston ko‘p millatli va ko‘p konfessiyali davlat sifatida turli din vakillarining totuv va osoyishta hayot kechirishi uchun zarur sharoitlarni yaratmoqda. O‘zaro hurmat, sabr-toqat va totuvlik - yurtimiz tinchligi va barqarorligining muhim kafolatlaridir.


Bugungi global axborot almashinuvi davrida yosh avlodni diniy radikalizm, ekstremizm va boshqa yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish masalasi ham dolzarb ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan mamlakatimizda "Jaholatga qarshi ma’rifat" tamoyili asosida keng ko‘lamli ma’rifiy ishlar olib borilmoqda. Yoshlarga diniy bilimlarni to‘g‘ri va ilmiy asosda o‘rgatish, ularda milliy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat va boshqa xalqlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish - bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.


Mustaqillikning 35 yilligi - bu bosib o‘tgan yo‘limizga nazar tashlab, erishgan yutuqlarimizni baholab, kelajakka yangi maqsadlar bilan qadam tashlaydigan qutlug‘ sanadir. Mustaqilligimiz tufayli bugungi kunga kelib yurtimizda 2160 dan ziyod masjid, 14 ta islom ta’lim muassasasi (4 ta oliy va 10 ta o‘rta maxsus) va 5 ta ilmiy-tadqiqot markazi faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, O‘zbekistonning 18 yoshdan yuqori bo‘lgan fuqarolari uchun Qur’oni karimni sifatli o‘qishni o‘rgatadigan o‘ttizta o‘quv kurslari ochildi. Ushbu kurslarda 100 mingdan ziyod fuqarolarimiz ta’lim olmoqda. Yana bu yil ochilgan Toshkentdagi "Islom sivilizatsiyasi markazi," Samarqanddagi "Imom Buxoriy majmuasi" nafaqat O‘zbekiston musulmonlari, balki butun ummat uchun katta ne’mat bo‘ldi. Joriy yil 2026 yil Ramazon oyida xayriya tadbirlarini o‘tkazish uchun 1 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi. Buning sababidan necha ming xonadonga quvonch kirib bordi. Yana "Muborak Qurbon hayiti" munosabati bilan xayriya tadbirlarini o‘tkazish uchun yana qaror chiqarilib, 700 milliard so‘mga yaqin mablag‘ ajratildi.


Diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan bunday islohotlar jamiyatning ma’naviy jihatdan rivojlanishiga, milliy va diniy qadriyatlarimizning saqlanishiga hamda yosh avlodning yetuk inson bo‘lib shakllanishiga samarali xizmat qilmoqda.


Mustaqillik - xalqimizga o‘z tili, tarixi, madaniyati, milliy va diniy qadriyatlarini erkin o‘rganish va rivojlantirish uchun berilgan buyuk imkoniyat. Shu bois mustaqillikni qadrlash, yurtimizdagi tinchlik va asrash, islohotlarni qo‘llab-quvvatlash va Vatan taraqqiyotiga o‘z hissamizni qo‘shish - barchamizning umumiy burchimizdir.


Mustaqilligimizning 35 yilligi xalqimizga yangi zafarlar, tinchlik, farovonlik va ma’naviy yuksalish olib kelsin! Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti, xalqimiz birligi va yurtimizdagi tinchlik abadiy davom etsin!


Barchangizga O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqillik bayrami bilan tabriklaymiz!

Bahromiddin Razov,

Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi


"Erkin Qoraqalpog‘iston" gazetasi 2026 yil 90-sonidan olingan

***

G‘ӘRЕZSIZLIK – DINIY-MӘRIPIY RAO‘AJLANЫO‘ HӘM MӘNAO‘IY JЕTILISIO‘DIҢ PUNDAMЕNTI

     Өzbekstan Respublikasi mәmleketlik g‘әrezsizliginiң 35 jillig‘i – xalqimizdiң tariyxindag‘i yeң әhmiyetli hәm qәdirli sәne­lerdiң biri. 1991-jili Өzbekstanniң g‘әrezsiz mәmleket bolip dүnyag‘a tanilio‘i xalqimizg‘a өz tag‘dirin өzi belgileo‘, milliy qәdiriyatlarin qayta tikleo‘ hәm mәmleketti өz rao‘ajlanio‘ joli menen alip bario‘ imkaniyatin berdi. Өtken jillar dao‘aminda mәmleketimizde keң kөlemli өzgerisler jүzege asip, bүgin Jaңa Өzbekstandi qurio‘ jolinda izbe-iz reformalar alip barilip atir.

    
G‘әrezsizlik jillarinda milliy hәm diniy qәdiriyatlarimizdi qayta tikleo‘ge ayriqsha itibar berildi. Әsirese, soңg‘i jillarda diniy-mәripiy tarao‘dag‘i reformalar jaңa basqishqa kөterildi. Puqaralardiң hүjdan yerkinligin tәmiyinleo‘, diniy bilim alio‘ ushin shәrayatlar jaratio‘, diniy mәkemelerdiң xizmetin rao‘ajlandirio‘ hәm jәmiyette diniy keңpeyillikti bekkemleo‘ boyinsha әhmiyetli jumislar әmelge asirilip atir.


     Bүgin Өzbekstanda islam dininiң haqiyqiy mәnisin, oniң ilim-bilimge, adamgershilikke, mehir-aqibetke hәm tinishliqqa shaqiratug‘in iygi tәlimatlarin үyrenio‘ge үlken әhmiyet berilip atir. Diniy bilim berio‘ mәkemeleriniң xizmeti jetilistirilip, diniy kadrlardi tayarlao‘ hәm olardiң kәsiplik bilimin arttirio‘ ushin jaңa imkaniyatlar jaratilip atir.


     Yelimizde islam dininiң rao‘ajlanio‘ina үlken үles qosqan ataqli alimlardiң ilimiy miyrasin үyrenio‘ de basli bag‘darlardiң birine aylandi. Imam Buxariy, Imam Termiziy, Imam Maturidiy, Burhaniddin Marg‘inaniy siyaqli ulli alimlardiң shig‘armalarin tereң үyrenio‘, olardiң ilimiy miyrasin jas әo‘ladqa jetkerio‘ hәm xaliq araliq dәrejede keңnen tanitio‘ boyinsha kөplegen ilajlar әmelge asirilip atir. Bul jumislar xalqimizdiң milliy maqtanishin arttirio‘ menen birge, jaslardi ilim-bilimge hәm mәnao‘iy kәmilikke umtilio‘g‘a qiziqtiradi.


     Diniy tarao‘dag‘i reformalardiң jәne bir әhmiyetli bag‘dari – diniy keңpeyillik hәm konfessiyalar araliq tatio‘liqti tәmiyinleo‘ bolip tabiladi. Өzbekstan kөp milletli hәm kөp konfessiyali mәmleket sipatinda tүrli din o‘әkilleriniң tatio‘ hәm tinish turmis keshirio‘i ushin zәrүrli sharayatlardi jaratip atir. Өz-ara hүrmet, sabirliliq hәm tatio‘liq – yeli­mizdiң tinishlig‘i hәm turaqlilig‘iniң әhmiyetli kepillikleri bolip tabiladi.


     Bүgingi global xabar almasio‘ dәo‘irinde jas әo‘ladti diniy radikalizm, ekstremizm hәm basqa da jat ideyalardiң tәsirinen qorg‘ao‘ mәselesi de ayriqsha әhmiyetke iye. Usig‘an baylanisli mәmleketimizde «Jәhәlatqa qarsi mәrifat» prinsipi tiykarinda keң kөlemli ag‘artio‘shiliq jumislari alip barilip atir. Jaslarg‘a diniy bilimlerdi duris hәm ilimiy tiykarda үyretio‘, olarda milliy qәdiriyatlarg‘a hүrmet, O‘atang‘a sүyispenshilik hәm basqa xaliqlarg‘a hүrmet sezimlerin qәliplestirio‘ – bүgingi kүnniң әhmiyetli o‘aziypalarinan biri.


     G‘әrezsizliktiң 35 jillig‘i – bul өtken jolimizg‘a kөz juo‘irtip, jetiskenliklerimizdi bahalap, keleshekke jaңa maqsetler menen qәdem taslaytug‘in qutli sәne bolip tabiladi. G‘әrezsizligimiz sebepli bүgingi kүnge kelip yelimizde 2160tan aslam meshit, 14 islam tәlim orinlari (4 joqari hәm 10 orta arnao‘li) hәm 5 ilimiy-izzertleo‘ oraylari jumis alip barip atir. Jәne Өzbekstanniң 18 jastan joqari bolg‘an puqaralari ushin Qurani kәriymdi sapali oqio‘di үyretetug‘in otiz oqio‘ kurslari ashildi. Bul kurslarda 100 miңnan aslam puqaralarimiz tәlim alip atir. Jәne biyil ashilg‘an Tashkenttegi «Islam sivilizatsiya orayi», Samarqanddag‘i «Imam Buxariy kompleksi» tek g‘ana Өzbekstan musilmanlari ushin yemes, pүtkil үmmet ushin үlken ne’mat boldi. Biyilg‘i 2026-jilg‘i Ramazan ayinda qayirxomliq ilajlarin өtkerio‘ ushin 1 trillion artiq qarji ajiratildi. Buniң sebebinen neshshe miң shaңaraqqa quo‘anish kirip bardi. Jәne «Mүbәrek Qurban hayiti» mүnәsibeti menen qayirxomliq ilәjlarin өtkerio‘ ushin jәne qarar shig‘arildi hәm 700 milliard so‘mg‘a jaqin qarji ajiratildi.


     Diniy-mәripiy tarao‘da әmelge asirilip atirg‘an bunday reformalar jәmiyettiң mәnao‘iy tәrepten rao‘ajlanio‘ina, milliy hәm diniy qәdiriyatlarimizdiң saqlanio‘ina hәm jas әo‘ladtiң jetik insan bolip qәliplesio‘ine nәtiyjeli xizmet yetip atir.


     G‘әrezsizlik — xalqimizg‘a өz tilin, tariyxin, mәdeniyatin, milliy hәm diniy qәdiriyatlarin yerkin үyrenio‘ hәm rao‘ajlandirio‘ ushin berilgen ulli mүmkinshilik. Sol sebepli g‘әrezsizlikti qәdirleo‘, yelimizdegi tinishliq hәm tatio‘liqti saqlao‘, reformalardi qollap-quo‘atlao‘ hәm O‘atan rao‘ajlanio‘ina өz үlesimizdi qosio‘ — bәrshemizdiң birgeliktegi o‘aziypamiz.


     G‘әrezsizligimizdiң 35 jillig‘i xalqimizg‘a jaңa jeңisler, tinishliq, pәrao‘anliq hәm mәnao‘iy ilgerileo‘ alip kelsin! Jaңa Өzbekstanniң rao‘ajlanio‘i, xalqimizdiң birligi hәm yeli­mizdegi tinishliq mәңgi dao‘am yetsin!


Bәrshege Өzbekstan Respublikasi Mәmleketlik G‘әrezsizlik bayrami menen qutli-mүbәrek bolg‘ay…

 

Baxramaddin Razov, Qaraqalpaqstan musilmanlari qaziyati qazisi

 

Maqolalar