Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Iyun, 2025   |   28 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:05
Quyosh
04:51
Peshin
12:31
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:42
Bismillah
24 Iyun, 2025, 28 Zulhijja, 1446

Dunyoni o‘rtayotgan muammo

09.03.2018   8124   1 min.
Dunyoni o‘rtayotgan muammo

Alloh taolo marhamat qiladi: “Darhaqiqat, (Biz) Odam farzandlarini (aziz va) mukarram  qildik va ularni quruqlik va dengizga (ot ulov va kemalarga) mindirib qo‘ydik hamda ularga pok nar­salardan rizq berdik va ularni O‘zimiz yaratgan ko‘p jonzotlardan afzal qilib qo‘ydik” (Isro, 70).

Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda har yili 2 mln. 700 ming nafarga yaqin kishi odam savdosi qurboniga aylanmoqda. Alloh taolo yaratgan  maxluqotlar ichida mukarrami va ulug‘i bo‘lgan insonni ayrim shayton quliga aylangan kimsalar tap tortmay buyum singari sotmoqda, ayovsiz ishlatmoqda, xorlamoqda. Ba’zan yovuzlarcha o‘ldirib yuborishyapti. Aldov yo‘li bilan katta va’dalarni berib chet davlatlarga olib ketilgan ayollar qismati... Norasida bolalar va yoshlar taqdiri... Bunday ayanchli holatlar qalbimizni yaralashi tabiiy.

Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha yurtimizda adliya va huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari doim huquqiy targ‘ibot-tushuntirish ishlarini olib bormoqda. Odam savdosi nafaqat bir mamlakat, balki dunyo miqyosida hal qilinadigan dolzarb muammo. Uni bartaraf etish uchun hamjihat bo‘laylik. Akamiz yoki ukamiz, qarindoshimiz yoki qo‘shnimiz, opamiz yoki singlimiz  aldovlar, quruq  va’dalar qurboniga aylanmasin. Har vaqt ogoh bo‘laylik.

Sharofiddin MUSABOYEV,

Andijon shahridagi

«Abu Hurayra» jomei imom-xatibi

O‘MI Matbuot xizmati

HORIJDAGI YURTDOSHIM
Boshqa maqolalar

Janozada imomga iqtido qilgan kishi nima o‘qiydi?

23.06.2025   1978   1 min.
Janozada imomga iqtido qilgan kishi nima o‘qiydi?

Savol: Besh vaqt namozda imomga iqtido qilganimizda, Fotiha va zam suralarni o‘qimaymiz. Janoza namozida qanday yo‘l tutamiz? Unda ham quloq qoqqandan keyin jim turamizmi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Janoza namozida besh vaqt namozdan farqli ravishda, imomga iqtido qilganlar to‘rt takbirni va sano, salavot hamda duolarni o‘qiydi. Ya’ni birinchi takbirdan keyin sanoni, ikkinchi takbirdan keyin salavotni, uchinchi takbirdan keyin janoza duosini o‘qiydi. To‘rt takbir janoza namozining rukni ya’ni farz, boshqa zikrlar esa, sunnat hisoblanadi. Agar iqtido qilganlar takbirni ham, boshqa zikrlarni ham aytmay, jim tursa, janoza o‘qigan hisoblanmaydi. Agar takbirlarni aytsa-yu, boshqa zikrlarni aytmasa, sunnatni tark etgan bo‘ladi. Vallohu a’lam.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.