عن أبي موسى الأشعري رضي الله عنه عن رسول الله صلي الله عليه وسلم : قال تَعَاهَدُوا هَذَا الْقُرْآنَ فَوَالَّذِي نَفْسُ مُحَمَّدٍ بِيَدِهِ لَهُوَ أَشَدُّ تَفَلُّتًا مِنْ الْإِبِلِ رواه البخاري ومسلم
Abu Muso Ash’ariydan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Bu Qur’ondan xabar olib turinglar. Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan zotga kasamki, u qochib ketishda tushovda turgan tuyadan ham kuchliroqdir”, dedilar. (Buxoriy va Muslim rivoyati.)
وعن ابن عمر رضيالله عنهما أن رسول الله صلي الله عليه وسلم : قال إِنَّمَا مَثَلُ صاحِبِ القُرآنِ كَمَثَلِ الإِبلِ المُعقَّلَةِ إِنْ عاهَدَ عَلَيْها أمْسَكَها، وَإِنْ أطْلَقَها ذَهَبَتْ رواه مسلم والبخاري
Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Albatta, Qur’on sohibi huddi tushovlangan tuya sohibiga o‘hshaydi. Agar undan xabardor bo‘lib tursa uni tutib turadi. Agar tek qo‘ysa ketib qoladi”, dedilar. (Buxoriy va Muslim rivoyati.)
وعن أنس بن مالك رضي الله عنه قال قال رسول الله صلي الله عليه وسلم : عُرِضَتْ عَلَيَّ أُجُورُ أُمَّتِي حتَّى القَذَاةُ يُخْرِجُها الرَّجُلُ مِن المَسْجِدِ، وَعُرِضَتْ عَلَيَّ ذُنُوبُ أُمَّتِي فَلَمْ أَرَ ذَنباً أعْظَمَ مِنْ سُورَةٍ مِنَ القُرآنِ أوْ آيَةٍ أُوتِيهَا رَجُلٌ ثُمَّ نَسِيَها رواه أبو داود والترمذي
Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Menga ummatimning savoblari, hattoki kishi masjiddan chiqarib tashlagan cho‘pning savobi ham ko‘rsatildi. So‘ng menga ummatimning gunohlari ko‘rsatildi. Men bir kishiga Qur’ondan bir sura yoki bir oyat berilib, uni unutib qo‘yganidan ko‘ra kattaroq gunohni ko‘rmadim”, dedilar. (Abu Dovud va Termiziy rivoyati.)
وعن سعد بن عبادة عن النبي صلي الله عليه وسلم : قال مَنْ قَرأ القُرآنَ ثُمَّ نَسِيَهُ لَقِيَ اللَّهَ تَعَالى يَوْمَ القِيامَةِ أجْذَمَ رواه أبو داود والترمذي
Sa’d ibn Uboda[1]roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kim Qur’onni o‘qib so‘ng yoddan chiqarsa qiyomat kunida Alloh taologa moxov holatida yo‘liqadi”, dedilar. (Abu Dovud va Termiziy rivoyati.)
"Novza" jome’ masjidi imom-xatibi
Toshkent islom instituti kafedra mudiri
[1]Sa’d ibn Uboda ibn Daliy ibn Horisa Xazrajiy Ansoriy. Xazraj qabilasining sayyidi. Abu Sobit va Abu Qays degan kunyalari ham mavjud. Badr g‘azotiga borganligi haqida ixtiloflar mavjud. U, otasi, bobosi va farzandi saxiyliklari bilan mashhur bo‘lishgan. Undan Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy va ibn Mojalar hadis rivoyat qilganlar. Hijriy 15-yili vafot etgan.
Bismillahir Rohmanir Rohiym
O‘g‘il har oylik maoshini onasiga topshirar, uning yuzidagi tabassumni ko‘rib, o‘zini dunyodagi eng boy inson deb hisoblardi.
Yillar o‘tib, onasi olamdan o‘tdi. Navbatdagi maoshini olgan o‘g‘il bir zum ne qilarini bilmay qoldi-yu, bir qarorga keldi: «Pullarni onamning nomidan ehson qilaman».
Shu kundan e’tiboran, u har oy masjidlarga suv kullerlari o‘rnatishni odat qildi. Namozxonlar suv ichib, onasining haqiga duo qilishlaridan qalbi taskin topardi.
Kunlardan bir kun mahalla masjidida yangi kuller o‘rnatilganini ko‘rib, «Attang, bu safar kechikdim-a», deb o‘kindi. Shunda yoniga imom kelib:
– Xayrli hadya uchun rahmat, – dedi.
– Uzr, adashdingiz, shekilli. Buni men olib kelmadim...
– Yo‘q, adashmadim. Buni sizning nomingizdan o‘g‘lingiz keltirdi.
Orqasiga o‘girilgan ota jilmayib turgan o‘g‘liga ko‘zi tushdi.
– Bolam, bunga pulni qayerdan olding? – hayajondan ko‘zlari yoshlandi otaning.
– Ota, anchadan beri menga beradigan pullaringizni yig‘ib yurgandim. Siz buvijonim uchun xayrli ish qilayotganingizni ko‘rib, men ham siz uchun shunday qilishni istadim.
Otaning ko‘zlaridan quvonch yoshlari sizib chiqdi. U o‘g‘liga nasihat qilmagan, shunchaki o‘z amali bilan namuna bo‘lgandi.
Ha, farzandlar eshitgan gaplarini unutishi mumkin, ammo ko‘rgan amallarini hech qachon unutmaydi. Bugun ota-onamizga qilgan yaxshiligimiz ertaga farzandlarimizdan albatta qaytadi.
Akbarshoh RASULOV