Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Noyabr, 2025   |   3 Jumadul soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:58
Quyosh
07:22
Peshin
12:15
Asr
15:16
Shom
17:01
Xufton
18:18
Bismillah
24 Noyabr, 2025, 3 Jumadul soni, 1447

27.02.2018   21853   1 min.
Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

O‘zini boshqalardan yomonroq deb e’tiqod qilmoq

24.11.2025   46   4 min.
O‘zini boshqalardan yomonroq deb e’tiqod qilmoq

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Allohga bo‘lgan samimiy ibodat – bu Unga nisbatan ojiz va muhtojligini tafakkur etgan holda doimo tavba-tazarru ila, ilohiy shariatga muvofiq umrguzaronlik qilmoqlikdir. Haqiqiy ibodat — bu inson qalbining ibodati bo‘lib, o‘zining kamtarligi, shikastaligi va Yaratganga nisbatan muhtojligiyu faqirligini idrok etishida namoyon bo‘ladi.

O‘zini atrofidagi barcha odamlardan ko‘ra yomonroq hisoblaydigan kimsa uchun jumlai jahon go‘yo murshidi komilga aylanadi. Zero, koinotdagi barcha narsani Alloh o‘ziga xos bir hikmat va ibrat sifatida yaratgan emasmi? O‘z nafsini bo‘lmag‘ur  bilib, uni to‘g‘rilashga  intilgan banda bu hikmatlarning har biridan tegishli bir ma’no va ibrat olishga urinadi. Masalan, gunohkor kishidan nimani o‘rganish mumkin? Kuzatganda shu narsa ma’lum bo‘ladiki, gunohkorga qilgan gunohlari sabab Alloh muvofiq bo‘lgan ko‘p jazo va musibatlarni jo‘natadi.

Ibratlanadigan tomoni shuki, mazkur gunohkor shuncha baloyu musibatni o‘ziga xos bardosh va ko‘nikma sifatida boshidan kechiradi. O‘zini tarbiyatga muhtoj deb bilgan Allohning bandasi, masalan, itning hayotini kuzatar ekan, undan o‘ziga ko‘rsatiladigan qo‘pollikka sabr etishni, o‘zini past olgan holda hech qanday zahiralarsiz yashashni hamda oshqozonida bori bilan qanoatlanishni o‘rganadi. Shuningdek, yana itdan o‘z sohibiga nisbatan rozilik va minnatdorlik tuyg‘ulari bilan yashashlik ta’limini olish mumkin. Axir u o‘ziga tashlangan eski suyaklarni ham o‘ta bir xursand holda g‘ajimaydimi? Yoxud u o‘ziga nisbatan oz bo‘lsa-da yaxshilik ko‘rsatganga qanchalik iltifot va xayrixohlik namoyon etadi?.. O‘zini hech narsadan yaxshi deb bilmaydigan qul chinakam sabru bardoshni toshdan ham o‘rgananishi mumkin, chunonchi, uni onasi bo‘lmish tog‘ bag‘ridan o‘yib olib, xohlagancha urib taroshlaydilar va nihoyat, qandaydir bir tahoratxonaning poydevoriga ishlatishlari mumkindir...

Allohning turli markabu tuyalaridan esa o‘zlarining egalariyu ularning og‘ir yuklarini olis-olislarga eltib berishdagi sabru bardoshni o‘rganib oladi. Ibrat ko‘zi bilan qaraguvchi banda xo‘rozni kuzatib undan qalb uyg‘oqligi, oilaga e’tibor, rashk hamda topganini baham ko‘rish fazilatlarini o‘zlashtiradi. Jumladan, sham piligining kuyib-yonayotganini kuzata turib ham ko‘p ma’nolarni ilg‘ab olish mumkin. Zero, u o‘zining tevaragidagi kishilarga qanchalik yorug‘lik baxsh etmoqda, axir o‘zgalarning manfaati uchun olovning issig‘ida bunchalar fidoyilik va jonbozlik ko‘rsatish ... katta ibrat!

Kim o‘zini boshqalardan yomon hisoblasa, hazrati Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning yo‘ldoshi bo‘ladi. Bunaqangi qarashning foydasi shundaki, kishi o‘ziga qo‘pollik qilganga hech qachon yomonlik bilan javob bermaydi. Shu jumladan, ba’zilar kamolotning yuksak darajalariga yetganlarini da’vo qilib ishontirmoqchi bo‘lganlarida ham u barcha mas’uliyatni ularning o‘zlarining zimmalariga yuklab, murosa qiladi. Chunki odamlar sirini Yaratgan va Uning maxfiy ilmlar hadya etilgan xos bandalaridan o‘zga hech kim bilmaydi. Aynan shuning uchun ham bizga o‘z sirini aytishni istovchilarga ishonishimiz kerak. Uni yolg‘onchiga chiqarsak ikkiyuzlamachilik qilgan bo‘lmaymizmi?!

Imom Afzaluddin quddisa sirruhu imom Sha’roniy quddisa sirruhuga nasihat berdilar:

“Mabodo biror bir majlisgami yoxud bemor bo‘lgan ulug‘ning ziyoratigami boradigan bo‘lsang, yuqori, faxrli joylarni egallashdan o‘zingni saqla, hatto o‘sha joy bo‘sh bo‘lsa ham... Chunki biror-bir sendan-da e’tiborlig‘roq kishi tashrif etib qo‘yguday bo‘lsa, o‘sha joydan seni turg‘izishlari mumkin, xijolatda qolasan. Bunday holatda nafsingning e’tiroz etishi, albatta, turgan gap. Bu haqiqatni bilishing va nafsning istaklaridan tiyilishing lozim! Bu xildagi odoblar faqat o‘zini atrofdagilardan past ko‘rishni eplay oladigan kimsalardagina ko‘zga ko‘rinadi”.

“Axloqus solihiyn” (Yaxshilar axloqi) kitobidan
Yo‘ldosh Eshbek, Davron Nurmuhammad
tarjimasi.

Maqolalar