Muso alayhissalom munojotida: “Ey Alloh meni ba’zida kichik kichik hojatlarim tushib qoladi, shu kabilarni ham sendan so‘raymi yoki sendan boshqasidan ham so‘rayveraymi?» Shunda Alloh: لا تسأل غيري “Mendan boshqasidan so‘rama”, dedi.
Inson arzimas, kattami kichikmi narsaga muhtoj bo‘lsa ham Robbisidan so‘rasin, chunki Allohdan boshqa rizq beradigan zot yo‘q.
Go‘yoki sizni bir yaqin insoningiz bor, u sizni hojatmandligingizni biladi va sizga g‘amxo‘rlik qilib: “Biror yordam kerak bo‘lsa menga aytgin, qo‘limdan kelgan yordamimni sendan ayamayman, men turib boshqasiga borib boshingni egib yalinishingni xohlamayman, hayo qilaman”, deydi. Bu degani ikkisi o‘rtasida yaqinlik, do‘stlik nihoyatda kuchli ekanligini bildiradi. Alloh taolochi? Mo‘min bandalarining do‘stiku, eng yaqin Zotku. Alloh taolo ham o‘zi turganda, o‘zida bo‘laturib, berishga qodir bo‘laturib birovdan so‘ragan yaqin bandasiga g‘azabi keladi, go‘yoki Alloh taolo ham bizga bo‘lgan muhabbati nihoyatda kuchli ekanligidan: “Ey bandam yuzingni suvini birovga oqizmay shuni mendan so‘rasang men o‘zim berardimku”, deydi.
Muhammad Rotib Nabulsiyning “Allohning go‘zal ismlari ensiklopediyasi” nomli asaridagi Allohning «الرزاق» sifati bobidan Ilhomjon Madaliyev tarjimasi
Manba: http://ukkosha.shosh.uz
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutining Modul ta’lim tizimida yangi o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.
12 sentyabr kuni Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov talabalar uchun «Xatoba» (notiqlik san’ati) fanidan ilk darsni o‘tib berdi.
Mashg‘ulot davomida ustoz va’z-nasihat qilish san’ati, minbar odoblari, tinglovchi bilan jonli muloqot o‘rnatish sirlari hamda bugungi kun imom-xatibi zimmasidagi mas’uliyatli vazifalarga alohida to‘xtaldi. Notiqlik mahoratiga oid nozik jihatlar hayotiy va amaliy misollar orqali ochib berildi.
Qizg‘in va samimiy ruhda o‘tgan dars so‘nggida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati