Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Avgust, 2025   |   17 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:59
Quyosh
05:28
Peshin
12:33
Asr
17:24
Shom
19:32
Xufton
20:54
Bismillah
11 Avgust, 2025, 17 Safar, 1447

Dinimizda ayollarning mavqei haqida

23.02.2018   4496   4 min.
Dinimizda ayollarning mavqei haqida

Islomdan oldingi davrni o‘rganilsa, dinimizda ayollarning mavqei nechog‘li yuksak ekanligi oydin bo‘ladi. 

Islomgacha Arab yarimorolida, Fors va Rum imperiyasida, Yunon davlatida, Xitoyda ayollarning huquqlari nafaqat poymol qilingan, balki ular insonlik darajasidan ham mahrum qilingan edi. 

Ba’zi xalqlarda ayolning eri vafot etsa, ayol ham eriga qo‘shib yoqib yuborilgan. Hatto ona farzandining hukmronligi ostida bo‘lgan va hech qanday hurmatga sazovor bo‘lmagan. 

Qur’oni karimda bunday deyiladi: 

“Qaysi birlariga qiz (ko‘rgani haqida) xushxabar berilsa, g‘azabi kelib, yuzlari qorayib ketadi. U (qiz)ni kamsitgan holda olib qolish yoki (tiriklay) tuproqqa qorish (to‘g‘risida o‘y surib), o‘ziga xushxabar berilgan narsaning “yomon”ligidan (oriyat qilib) odamlardan yashirinib oladi. Ogoh bo‘lingizki, ularning bu hukmlari juda yomondir” (Nahl, 58–59). 

“(har bir) tiriklay ko‘milgan qizdan so‘ralganida “ne gunohi uchun o‘ldirilgan?” – deb (Takvir, 8–9). 

Umar ibn Xattob (roziyallohu anhu) aytadi: Bir kuni Umar (roziyallohu anhu) yig‘ladi, bir ozdan keyin kuldi. Shunda atrofida o‘tirgan kishilar buning boisini so‘raganlarida, Umar: “Johiliyat davridagi bir holat meni yig‘latdi: biz qiz farzandlarimizni tiriklayin ko‘mar edik. Bir kuni men ham jajji qizimni ko‘mish uchun chuqur qazidim. Qizim chuqur qaziyotganimda atrofimda erkalanib o‘ynardi. Hatto soqolimga yopishgan tuproqlarni o‘zining jajji qo‘lchalari bilan silab tozalardi. Chuqur tayyor bo‘ldi. Qizimning bu narsaga aqli yetib, mendan qocha boshladi. Men esa uni ushlab chuqurga tiqdim. Oyog‘im bilan bosib ustiga tuproq tortdim. U o‘rnidan turishga harakat qildi. Men oyog‘imni qattiq bosdim, u jim bo‘lib qoldi, shu holatni eslab yig‘ladim”. Meni kuldirgan narsa: biz johiliyat vaqtida xurmo mevalaridan o‘zimizga xudo yasab olardik. Agar qornimiz ochsa, uni yeb qo‘yardik”, dedilar. 

Asrlar mobaynida ayolga bo‘lgan bunday qabih munosabatni Islom dini yo‘q qildi. Ibn Abbos (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Kimning uchta qizi yoki singlisi bo‘lsayu, ularga ta’lim berib, odob o‘rgatsa, ularning haqida Allohga taqvo qilsa, unga albatta jannat bo‘lur”, dedilar. Sahobalardan ba’zilari: “Ey Allohning rasuli, ikkita qizi yoki singlisi bo‘lsachi?” deb so‘radilar. 

“Ikkita qizi yoki singlisi bo‘lsa ham”, deb javob berdilar Payg‘ambar (sollallohu alayhi va sallam). 

Qizlarning tarbiyasi va ta’limi otaning zimmasiga vojibdir. Ota bu burchdan qiz turmushga chiqqandan keyin ozod bo‘ladi. 

Islom ayol kishiga ta’lim olish va madaniy saviyasini oshirish huquqini berdi va erkaklarni bu ishda mas’ul qildi. Ilm talabi er va ayolga barobar farzdir. 

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) ba’zi hollarda ayollarning fikri bilan ish tutganlar. Masalan, 6-hijriy asrda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) boshliq 1400 sahoba Baytullohni ziyorat qilish uchun yo‘lga chiqqanlarida mushriklar Xudaybiya nomli joyda ularning yo‘llarini to‘sishadi. O‘sha yerda sulh tuzilib, musulmonlar jamoasi Ka’bani ziyorat qilmay qaytib ketadigan bo‘ladi. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) sahobalarga bu gapni e’lon qilib, shu yerda qurbonliklaringizni so‘yib, sochlaringizni oldiringlar, dedilar. Sahobalar qimirlashmadi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) amrni uch marta qayta-qayta takrorlasalar ham biror kishi qimir etmadi. U zot g‘oyat mahzun bo‘lib, chodirga, ayollari Ummu Salama (roziyallohu anhu)ning yonlariga kirdilar. Bo‘lgan voqeani onamizga o‘tgan ummatlar shunday ishlar tufayli halok bo‘lgani, shuning uchun g‘oyat tashvishda ekanlarini aytdilar. 

Shunda Ummu Salama (roziyallohu anhu) Rasululloh (alayhissalom)ga juda qimmatli fikr aytadi: «Ey Allohning rasuli, tashqariga chiqing. Ulardan hech biriga hech narsa demasdan qurbonlik qiling, so‘ng sochingizni oldiring», dedi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) tashqariga chiqib, xuddi Ummu Salama (roziyallohu anhu) aytganlaridek qiladilar. Uni ko‘rgan sahobalar ham shoshib qurbonliklarini so‘yib, sochlarini oldira boshlashadi.

O‘MI Matbuot xizmati

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Videolar

Salafi solihlarning mutashobih matnlar borasidagi tavsiyalari

08.08.2025   11915   1 min.

Rustam Oxunjonov, "Ko‘kaldosh" o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi Matbuot kotibi

VIDEO