Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Oktabr, 2025   |   17 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:10
Quyosh
06:28
Peshin
12:15
Asr
16:08
Shom
17:56
Xufton
19:07
Bismillah
09 Oktabr, 2025, 17 Rabi`us soni, 1447

21.02.2018   26194   1 min.
Maqolalar
Boshqa maqolalar

Sen olim emassan!

08.10.2025   1687   1 min.
Sen olim emassan!

Azhar shayxlaridan biri, fozil imom Muhammad Mustafo Marog‘iy bunday deganlar: “Ey ulamolar! Toki biz qalblarimizda o‘zaro yaqinlik, ulfatlikni his qilar ekanmiz, nafslarimiz va qalblarimizning bari va ixlosimizning jami Allohga tavbani, Uning diniga xizmatni, musulmonlarga ixlos, samimiylikni his qilar ekan, inshaalloh, biz orzu qilayotgan narsaga yetishamiz.

Ilm ikki xildir: Foydali ilm: U seni rizosi sabablari bilan Alloh taoloning yoniga eltadi. Ana shu men sizlarni chorlayotgan narsadir.

Shofelik qiluvchi ilm: U senga dunyo ishlarida shofe bo‘ladi, uning bezaklaridan ko‘ngling tusagan narsalarga eltadi va unda muvaffaqiyatga erishish yo‘llarini ko‘rsatadi. Ana shu narsadan men sizlarni qaytaraman”, dedi.


Shayx Marog‘iy shayxi imom Muhammad Abduh haqida hikoya qiladi:

“U zot bir kuni xalqaro ta’lim sertifikati imtihonidan chiqqanimda chaqirdilar. “Ilm tushunchasi nima ekanini bilasanmi?” dedilar.

Men: “Ha” dedim va yodimdagi ilm haqidagi ta’riflarni ayta boshladim. Ularning ba’zilarini aytdim.

U zot: “Mendan bir foydali ta’rifni eshitgin. Ilm – sen manfaat topgan va boshqa insonlar manfaat topgan narsadir”.

So‘ngra so‘radi: “Odamlar ilmingdan foydalanadilarmi?”.

Men: “Yo‘q”, dedim.

“Unda sen olim emassan. Olim bo‘lish uchun odamlarni ilmingdan foydalantirgin”, dedi.

 

«Minal mava qifil xolidati liulamoil Azhar» kitobidan