Natijalar bilan tanishing.
Hifz yo‘nalishi
18-25 yosh
1. Ermatov Alisher
2. Boymurodov Abdulhafiz
3. Mamajonov Hamidulla
26-40 yosh
1. G‘oziyev Aminxon
2. Ubaydullayev Sunnatillo
3. Ortiqov Habibullo
Tilovat yo‘nalishi
18-25 yosh
1. Yusupov Jamoliddin
2. Boltayev Abdulqahhor
3. Hoshimov Muhammad
3. Sobirov Sarvarbek
26-40 yosh
1. Sulaymonov Farhodbek
2. Aminbekov Abdulboriy
3. Oripov Jasur
G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Qur’on musobaqasini “muslim.uz” portali orqali jonli kuzating.
{gallery}/001-18/17{/gallery}
O‘MI Matbuot xizmati
Savol: Umraga borgan kishi, yetti marta tavofni qilib bo‘lgach, toliqib qolib, Safo va Marva orasida sa’yni qilmay, mehmonxonaga ketib qolsa, nima qilishi lozim bo‘ladi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Bu odam mehmonxonada biroz orom olgach, haramga qaytib, sa’yni qilishi vojib bo‘ladi. Chunki Safo va Marva orasida yetti marta sa’y qilish umraning vojiblaridan sanaladi. Shuning uchun umra qilayotgan odam tavofdan keyin sa’yni tugatmaguncha ehromdan chiqa olmaydi. Agar sa’ydan oldin sochini oldirib, ehromdan chiqqan bo‘lsa, o‘z vaqtidan oldin ehromdan chiqqani uchun, zimmasiga bir jonliq so‘yish vojib bo‘ladi. Shu bilan birga sa’yni qilishi ham lozim bo‘ladi. Agar keksa yoki bemorligi tufayli o‘zi yurishga qiynalsa, aravada sa’y qilsa ham joiz bo‘laveradi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.