Surxondaryo viloyati Termiz shahrida tashkil etilgan Qur’on musobaqasining erkaklar o‘rtasida o‘tgan saralash bosqichi natijalari bilan tanishing.
Hifz yo‘nalishi
18-25 yosh
1. Ochildiyev Mahmudjon
2. Samadov Najmiddin
3. Ziyatov Barakatulloh
26-40 yosh
1. Abdurashidov Abdulaxat
2. Hamidov Sadriddin
3. Qodirov Abduvahob
Tilovat yo‘nalishi
18-25 yosh
1. Sadoatov Shahobiddin
2. Usmonov Muhammadkarim
3. Jo‘rayev Jamol
3. Toshboltayev Habibulloh
26-40 yosh
1. Rahmonov Axror
2. Baymirov Muslim
2. Salohiddinov Isoqali
3. Samatov Sajriddin
3. Zayniyev Hafizulloh
Musobaqa g‘oliblariga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari berildi.
Bizni muslim.uz portali va ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.
O‘MI Matbuot xizmati
#xabar #muftiy #juma
Bugun, 18 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi muftiy, Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari juma namozini Toshkent shahridagi "Yakkasaroy" jome masjidida ado qildilar.
Muftiy hazratlari jamoat namozidan oldin yig‘ilganlarga “O‘zganing haqqidan hazar qilaylik!” mavzusida manfaatli suhbat qilib berdilar.
Mav’izada bugungi kunda birovning molini noto‘g‘ri yo‘l bilan yeyish va o‘zganing xaqqiga xiyonat qilishdek og‘ir gunohlar, jumladan, qarzini qaytarmaslik, tarozidan urish, mualliflik huquqini poymol qilish, poraxo‘rlik, qimorbozlik, firibgarlik kabi illatlardan hazar qilish lozimligini qat’iy ta’kidladilar.
Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qur’oni karimdagi: “Ey, imon keltirganlar! Mol-mulklaringizni o‘rtada nohaq (yo‘llar) bilan yemangiz!...” (Niso surasi, 29) oyatini sharhlash asnosida Alloh taolo insoniyatni Yer yuzida halol rizq talab qilishga amr etgani, uning aksi bo‘lmish haromdan hazar qilishga buyurgani hamda halol va harom narsalarni ochiq bayon qilganini aytib o‘tdilar.
Suhbat yakunida Haq taolodan elu yurtimiz tinchlik-farovonligi va halol-pok molu davlat topish, nohaq-botil yo‘llar orqali keladigan mollardan asrashini so‘rab xayrli duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati