Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Iyul, 2025   |   26 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:30
Quyosh
05:08
Peshin
12:34
Asr
17:38
Shom
19:55
Xufton
21:25
Bismillah
21 Iyul, 2025, 26 Muharram, 1447

Minorasi eng baland masjid

26.01.2018   4005   1 min.
Minorasi eng baland masjid

Marokashdagi “Hasan” jome masjidi dunyo bo‘yicha kattaligi jihatidan yettinchi o‘rinda turadi. Atlantika okeani sathidan ikki yuz metr balandlikda barpo etilgan ushbu masjidga bir paytning o‘zida yuz mingdan ortiq namozxon sig‘adi. Ushbu masjid qurilishi mamlakatning o‘sha paytdagi qiroli Hasan II ning buyrug‘i bilan 1986 yilda boshlanib, 1989 yili bitkazilgan. Biroq masjid 1993 yilnig 30 avgust kunidan rasman faoliyat yurita boshladi. Masjid loyihasini fransiyalik muhandis Mishel Pinso ishlagan.

Hashar yo‘li bilan qurilgan “Hasan” jome masjidida 6000 dan ortiq usta hamda 10000 dan ziyod bezak ishlari mutaxassisi mehnat qilgan. Qurilishda Marokashda ishlab chiqilgan xomashyolar ishlatilgan. Faqatgina oq granit ustunlar va 50 tonnalik shisha qandillar Italiyadan keltirilgan.

Masjidning minorasi 210 metr bo‘lib, dunyoda eng baland hisoblanadi. Masjid yonida madrasa, kutubxona hamda muzey mavjud.

Davron NURMUHAMMAD

O‘MI Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Allohim Sendan qo‘rqaman

16.07.2025   6462   1 min.
Allohim Sendan qo‘rqaman

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: «(Umrida) aslo yaxshilik qilmagan bir kishi o‘z ahliga: «O‘lsam, (jasadimni) kuydirib, yarmini quruqlikka, yarmini dengizga sochib yuboringlar. Allohga qasamki, agar Alloh meni topib olsa, hech kimga bermagan azobi bilan azoblaydi», dedi.

O‘sha odam o‘lgach, buyurganidek qilishdi. Alloh quruqlikka buyurdi, u (kulning) o‘zidagi qismini to‘pladi, so‘ng dengizga buyurdi, u ham uning o‘zidagi qismini to‘pladi. Keyin U Zot: «Nega bunday qilding?» dedi. U: «Sendan qo‘rqqanimdan, yo Robbim! Axir O‘zing bilguvchisan!» dedi. Shunda Alloh uni mag‘firat qildi» (Imom Muslim rivoyati).