Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Sentabr, 2026   |   2 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:41
Quyosh
06:01
Peshin
12:19
Asr
16:45
Shom
18:40
Xufton
19:56
Bismillah
13 Sentabr, 2026, 2 Rabi`us soni, 1448

Ulul azm payg‘ambarlar

26.01.2018   14031   1 min.
Ulul azm payg‘ambarlar

Alloh taolo Qur’oni karimning Ahqof surasida Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga xitob qilib: «Bas, (ey Muhammad!) Siz ham matonatli payg‘ambarlar sabr qilganlaridek sabr qiling...» degan (35-oyat).

«Ulul azm», ya’ni azmu matonat sohibi bo‘lgan payg‘ambarlar:

  1. Odam alayhissalom;
  2. Nuh alayhissalom;
  3. Ibrohim alayhissalom;
  4. Muso alayhissalom;
  5. Iso alayhissalom;
  6. Muhammad sollallohu alayhi vasallam.

Bu buyuk payg‘ambarlar har birlarining boshlariga imon yo‘lida, dinu diyonat yo‘lida qanchadan-qancha kulfatlar yog‘ilgan. Lekin ular sabr-matonatda zarbulmasal bo‘lganlar. Bu haqiqatni ko‘pchilik, jumladan, Muhammad alayhissalom va u zotning ummatlari ham yaxshi bilishadi. Shuning uchun o‘z davrida Makka mushriklarining qarshiliklariga uchrab qiyin holga tushganlarida «ulul azm» nomini olgan buyuk payg‘ambarlardan o‘rnak olishga chaqirilyaptilar.

«Bas, (ey Muhammad!) Siz ham matonatli payg‘ambarlar sabr qilganlaridek sabr qiling...» U zoti bobarakot bu ilohiy amrga amal qildilar va o‘zlari ham «ulul azm» payg‘ambarlar safidan o‘rin olishga muyassar bo‘ldilar.

 

«Sunniy aqiydalar»dan olindi 

O‘MI Matbuot xizmati

Siyrat va islom tarixi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Hamdardlik bildiramiz

04.09.2026   43656   1 min.
Hamdardlik bildiramiz

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahar "Jome" jome masjidi imom noibi Nuriddin domla Hoshimovning padari buzrukvorlari Xolbek ota Hoshimovning vafoti munosabati bilan u kishining yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.

Oxirat safariga kuzatilgan otaxon el koriga yaraydigan, dinu diyonat yo‘lida xizmat qiladigan farzand va nevaralarni o‘stirdilar, chiroyli tarbiya qildilar.

Alloh taolo marhum otaxonning barcha solih amallarini o‘zlariga hamroh aylab, O‘z mag‘firatiga olsin. Haq taolo marhum otaxonning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlariga ajru mukofotlar ato etsin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan Nuriddin domla Hoshimovga, u kishining oila a’zolari, yor-birodarlari, yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.

Janoza namozi bugun soat 18:00 da Sirdaryo viloyati Xovos tumani Gulbahor MFY Qayirma qishlog‘ida o‘z xonadonida ado etiladi.

Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.

«Musibat yetganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering».

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Muslim.uz

O'zbekiston yangiliklari