Sayt test holatida ishlamoqda!
30 Aprel, 2026   |   12 Zulqa`da, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:54
Quyosh
05:22
Peshin
12:25
Asr
17:15
Shom
19:23
Xufton
20:45
Bismillah
30 Aprel, 2026, 12 Zulqa`da, 1447

Asabingizni asrang!

26.01.2018   18991   1 min.
Asabingizni  asrang!

Inson asabiylashsa miya, jigar, buyrak va yurakka ozuqa tashuvchi yo‘llar bo‘g‘iladi. Ko‘z qorachig‘i kengayib, yurak urishi tezlashadi. Bunday vaqtda jigardan uglevodlar (zararli suyuqlik) ajrala boshlaydi. A’zolarning bunday pala-partish ishlashi ko‘p kasalliklarning (stenokardiya, infarkt, insult) kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.

Ochiq chehrali, bosiq, vazmin odamlar ruhan va jismonan tetik bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam g‘azablangan paytda o‘tirib olishni, yana bosilmasa, yotib olishni yoki tahorat yangilab, ikki rakat namoz o‘qishni tavsiya qilganlar.

Asab tolalarining uzilishi a’zolarimizdagi oziq moddalar kamayishiga, holsizlikka olib keladi. Masalan, jismimizda kalsiy moddasi yetishmasa, mushaklarimiz og‘rib, suyaklarimiz mo‘rt bo‘lib qolishi mumkin. Yuzimizga tabassum qaytishi bilanoq, miyamiz tajanglikni so‘ndiruvchi moddalar ishlab chiqara boshlaydi.

Muntazam badantarbiya qilish, ochiq havoda aylanish, ayniqsa, uyquga yotishdan oldin besh-o‘n daqiqa yurish juda foydali. Tabiat qo‘yniga chiqib zavqlanish, vaqti-vaqti bilan toza suv havzalarida cho‘milib turish ham kerak. Shuningdek, ozuqaga boy ovqatlarni me’yorida yeyish yaxshi. Ezgu niyat, chiroyli so‘z, yaxshi amal, ota-ona, qarindosh-urug‘, qo‘ni-qo‘shnilar bilan yaxshi munosabat ham asablarimizga tinchlik beradi, mustahkamlaydi. Demak, imkon boricha turli asabbuzarliklarning oldini olishga intilishimiz, yaxshilikka ishonch, kelajakka umid bilan yashashga o‘rganishimiz zarur.

Parda JO‘RAyev,

kardiolog

Tabobat
Boshqa maqolalar

Namozni o‘z vaqtida ado etuvchilarga 9 mukofot

28.04.2026   6651   1 min.
Namozni o‘z vaqtida ado etuvchilarga 9 mukofot

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Hazrati Usmon roziyallohu anhu aytdilar:
"Kim besh vaqt namozni o‘z vaqtida ado etib, uni muntazam (davomli) o‘qisa, Alloh taolo uni to‘qqizta karomat (izzat-ikrom) bilan mukofotlaydi:

Birinchisi:
Alloh uni yaxshi ko‘radi.

Ikkinchisi: Badani sog‘lom bo‘ladi.

Uchinchisi: Farishtalar uni qo‘riqlaydilar.

To‘rtinchisi: Xonadoniga baraka tushadi.

Beshinchisi: Yuzida solihlarning belgisi (nuri) namoyon bo‘ladi.

Oltinchisi: Alloh uning qalbini muloyim qilib qo‘yadi.

Yettinchisi: Sirot ko‘prigidan chaqmoq kabi tez o‘tib ketadi.

Sakkizinchisi: Alloh uni do‘zaxdan qutqaradi.

To‘qqizinchisi: Alloh uni xavf-xatar va g‘am-g‘ussa ko‘rmaydigan zotlar bilan (jannatda) qo‘shni qiladi".

Homidjon qori ISHMATBЕKOV