Sayt test holatida ishlamoqda!
26 May, 2025   |   28 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:16
Quyosh
04:56
Peshin
12:25
Asr
17:30
Shom
19:48
Xufton
21:21
Bismillah
26 May, 2025, 28 Zulqa`da, 1446

O‘zbekiston Haj delegatsiyasi Saudiya Arabistoniga safarini boshladi

17.01.2018   5863   1 min.
O‘zbekiston Haj delegatsiyasi Saudiya Arabistoniga safarini boshladi

Kecha, 16 yanvar kuni O‘zbekiston Haj delegatsiyasi Saudiya Arabistoni Podshohligiga jo‘nab ketdi. Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj ishlari vaziri Solih Bantin taklifiga asosan “Haj–2018” mavsumining tashkiliy ishlarini kelishib olish maqsadida, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari O‘tkirbek Hasanboyev, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohim Inomov, Ta’lim va kadrlar tayyorlash bo‘limi mudiri Jaloliddin Nuriddinov va Toshkent islom universiteti xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Hamidbek Hasanovdan iborat delegatsiya kecha Jidda shahriga yetib borishdi.
Safar davomida O‘zbekiston haj delegatsiyasi bilan Saudiya Arabistoni Haj ishlari vazirligi va mutasaddi tashkilotlar o‘rtasida “Haj–2018” mavsumining tashkiliy ishlari muhokama qilinadi. Shu yo‘nalishlarda, Saudiya Arabistonining Makka, Madina va Jidda shaharlarida joriy yil Haj mavsumida Vatanimiz hojilariga xizmat qiluvchi idoralar va muassasalar rahbarlari bilan hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Bizni kuzatishda davom eting, ushbu safar jarayonlari, yangiliklar va o‘zgarishlar haqida batafsil yoritib boramiz.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Muftiy hazrat: Ziyoratchilarning har bir daqiqasini mazmunli o‘tishiga mas’ulmiz!

21.05.2025   7271   1 min.
Muftiy hazrat: Ziyoratchilarning har bir daqiqasini mazmunli o‘tishiga mas’ulmiz!

Bugun, 20 may kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ishtiroklarida “Haj – 2025” mavsumini yuqori darajada o‘tkazish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda haj delegatsiyasi a’zolari, ishchi guruhi, ellikboshilar va shifokorlar jamoalari ishtirok etdi.

Muftiy hazratlari haj kunlariga qadar ziyoratchilar bilan muntazam ma’rifiy suhbatlar tashkil etish, ularda hajning tartib-qoidalari, farz, vojib va odoblari, o‘ziga xos mashaqqatlarini tushuntirish hamda zikru duolar bilan mashg‘ul bo‘lish va barcha murojaatlarini ijobiy hal etish zarurligini ta’kidladilar. Shuningdek, yurtdoshlarimiz muborak zamindagi har bir daqiqasini g‘animat bilib, uni mazmunli va ibodatlar bilan o‘tkazishi hamda haj amaliga ruhan va jismonan tayyorgarlik ko‘rishuchun voiz ulamolar, ellikboshilar bor kuch-g‘ayratlarini sarflashi lozimligini alohida qayd etdilar.

Yig‘ilishda ziyoratchilarning ibodatlari mukammal bo‘lishi uchun ularga qulay shart-sharoitlarni muhayyo qilish borasida Makka va Madina shaharlaridagi ishchi guruhi faoliyat olib borayotgani, mehmonxonalarda ziyoratchilar uchun barcha sharoitlar hozirlangani, Mino, Arafot va Muzdalifadagi joylar ko‘zdan kechirilgani haqida ma’lumot taqdim etildi. 

Shifokorlar guruhi rahbari Alisher Saatov va boshqa mutasaddilar so‘zga chiqib, tibbiy jihatlar, ziyoratchilar salomatligi, issiq kunlarda harakatlanish tartibi, qonun-qoidalarga amal qilish, transport xizmati, hojilar xavfsizligini ta’minlash va ogohlikga oid muhim tavsiyalar berdilar.

Yig‘ilish yakunida Haq taolodan bu yilgi haj mavsumi muvaffaqiyatli o‘tishini so‘rab, Qur’oni karim xatmlari va xayrli duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Muftiy hazrat: Ziyoratchilarning har bir daqiqasini mazmunli o‘tishiga mas’ulmiz! Muftiy hazrat: Ziyoratchilarning har bir daqiqasini mazmunli o‘tishiga mas’ulmiz! Muftiy hazrat: Ziyoratchilarning har bir daqiqasini mazmunli o‘tishiga mas’ulmiz! Muftiy hazrat: Ziyoratchilarning har bir daqiqasini mazmunli o‘tishiga mas’ulmiz! Muftiy hazrat: Ziyoratchilarning har bir daqiqasini mazmunli o‘tishiga mas’ulmiz! Muftiy hazrat: Ziyoratchilarning har bir daqiqasini mazmunli o‘tishiga mas’ulmiz! Muftiy hazrat: Ziyoratchilarning har bir daqiqasini mazmunli o‘tishiga mas’ulmiz! Muftiy hazrat: Ziyoratchilarning har bir daqiqasini mazmunli o‘tishiga mas’ulmiz! Muftiy hazrat: Ziyoratchilarning har bir daqiqasini mazmunli o‘tishiga mas’ulmiz!