Ko'k gumbaz masjidi Shahrisabzning markaziy maydonida «Chorsu» savdo markazi yaqinida joylashgan Dorut-Tilovat majmuasining bir qismidir.
Masjidni Mirzo Ulug'bek otasi – Shohruh Mirzo sharafiga qurdirgan.
Masjidning tashqi devori, baland gumbazi ustuni va ichki tomonini qadama naqshlar bezab turadi.
Bino peshtoqida «Baland joydagi ushbu juma masjidi eng go'zalidir… uning ulkan gumbazi bor. Bu gumbaz Shahrisabzda yam-yashil shahar ustidagi moviy osmon singari savlat to'kib turadi» degan arabcha yozuv saqlanib qolgan.
Gumbazning tayanch qismida shunday noma bor: «Mehribon va rahmdil Alloh nomi bilan! Alloh oldingi va keyingi gunohlaringni kechirishi, marhamatini darig' tutmasligi va to'g'ri yo'lga boshlashi uchun senga shubhasiz g'alabani tortiq etdik».
Masjid ichkarisida «Payg'ambar sallollohu alayhi vasallam: "Masjidga qorong'ida boradiganlarga Qiyomat kunida yorqin nur tilang’ deb aytdilar. Muhim xabar. Allohning Payg'ambari haq gapni aytdilar» yozuvi bitilgan.
@madaniymerosi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun O‘zbekiston–Ozarbayjon sammitining ikkinchi kuni tadbirlarida ishtirok etish uchun Buxoro shahriga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, tashrif xayrli amaldan – Bahouddin Naqshband maqbarasi ziyoratidan boshlandi. Qur’on oyatlari tilovat qilinib, xalqimizga tinchlik-farovonlik tilab, duo o‘qildi.
Majmua islom olamining ulug‘ qadamjolaridan biri hisoblanadi. Mazkur ziyoratgoh Naqshbandiya tariqatining asoschisi Bahouddin Naqshband dafn etilgan joyda barpo etilgan bo‘lib, bugungi kunda maqbara, xonaqoh, masjidlar, daxma va so‘fiylik tarixi muzeyini o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati