frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Tashqi ko‘rinishi Rasulimizga o‘xshaydigan sahoba va tobeinlarni bilasizmi?

09.01.2018   6074   1 min.
Tashqi ko‘rinishi Rasulimizga o‘xshaydigan sahoba va tobeinlarni bilasizmi?
  • Amakivachchalari - Ja’far roziyallohu anhu ibn Abu Tolib ibn Abdulmuttalib;
  • Amakivachchalari - Abu Sufyon Mug‘iyra roziyallohu anhu ibn Horis ibn Abdulmuttalib;
  • Amakivachchalari - Qusam roziyallohu anhu ibn Abbos roziyallohu anhu ibn Abdulmuttalib;
  • Nabiralari - Hasan roziyallohu anhu ibn Ali roziyallohu anhu ibn Abu Tolib;
  • Nabiralari - Husayn roziyallohu anhu ibn Ali roziyallohu anhu ibn Abu Tolib;
  • Amakivachchalarining o‘g‘li - Avn roziyallohu anhu ibn Ja’far roziyallohu anhu ibn Abu Tolib;
  • Amakivachchalarining o‘g‘li - Abdulloh roziyallohu anhu ibn Ja’far roziyallohu anhu ibn Abu Tolib;
  • Amakivachchalarining o‘g‘li - Abdulloh roziyallohu anhu ibn Navfal roziyallohu anhu ibn Horis ibn Abdulmuttalib;
  • Amakivachchalarining o‘g‘li - Muslim roziyallohu anhu ibn Muattib roziyallohu anhu ibn Abu Lahab;
  • Qarindoshlari - Soib roziyallohu anhu ibn Ubayd ibn Abduyazid ibn Hoshim ibn Muttalib ibn Abdumanof. (Soib roziyallohu anhu imom Shofe’iyning to‘rtinchi bobosi Shofe’ning otasi bo‘lib, nasabi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan u zotning to‘rtinchi bobolari Abdumanofda birlashadi);
  • Uzoq qarindoshlari - Kobis rahmatullohi alayh ibn Rabi’a ibn Molik ibn Adiy. (Kobis rahmatullohi alayh tobeinlardan bo‘lib, Muoviya roziyallohu anhu uni juda hurmat qilgan. Kobis rahmatullohi alayhning nasabi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan u zotning to‘qqizinchi bobolari Luayda birlashadi).

"Rasululloh va ahli bayt" kitobidan olindi

O‘MI Matbuot xizmati

Siyrat va islom tarixi
Boshqa maqolalar

Kim juma kuni "Duxon" surasini o‘qisa

26.06.2025   3543   1 min.
Kim juma kuni

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim juma kechasi "Ho mim" – "Duxon"ni qiroat qilsa, mag‘firat qilinadi», dedilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kim juma kechasi "Ho mim" – "Duxon" surasini o‘qisa, yetmish ming farishta tonggacha uning haqqiga istig‘for aytib chiqadi».

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim juma kechasi yoki juma kuni "Ho mim" – "Duxon"ni qiroat qilsa, Alloh unga jannatda bir uy bino qiladi», dedilar.