Muhammad ismi Avstriya poytaxti Venada yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga eng ko‘p qo‘yilayotgan ismlar ichida 3-raqamlisi bo‘ldi. Bu haqda Kronen Zeitung nashriga tayanib kun.uz yozmoqda.
“Bu rasman tasdiqlangan: 2017 yilda o‘g‘il bolalarga eng ko‘p qo‘yilgan ismlar – Aleksandr va Maksimilian bo‘ldi, musulmoncha Muhammad ismi esa 3-o‘rinni egalladi”, deyilgan gazetadagi xabarda.
Ta’kidlanishicha, bunda Muhammad ismining Muhamad, Muhammet, Mohamad, Muhammad va Muhammed kabi turlicha yozilishlari hisobga olingan.
Wiener Zeitung nashri chaqaloqlarga qo‘yilgan ismlar bo‘yicha aniq ma’lumotlarni keltirib o‘tdi. 2017 yilda Venada 175 nafar Aleksandr, 161 nafar Maksimilian va 159 nafar Muhammad ismli bolalar dunyoga kelgan. Shuningdek, o‘g‘il bolalarga eng ko‘p qo‘yilgan ismlar beshtaligidan David (151) va Filip (137) ismlari ham o‘rin olgan.
Qiz chaqaloqlarga berilgan ismlar orasida Sofiya (183 chaqaloq), Sara (173) va Anna (142) ismlari yetakchilik qilmoqda.
O‘MI Matbuot xizmati
Savol: Masjidimizda tut, olma kabi mevali daraxtlar bor. Ular pishgan paytda, namozga kelganlar ulardan olib yeyishadi. Shu ish joizmi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Masjid hovlisidagi mevali daraxtlar vaqf qiluvchi yoki daraxt ekkan shaxs tomonidan odamlarning umumiy foydalanishi uchun ekilgan bo‘lsa, odamlar bu daraxtlarning mevasini yeyishlari mumkin. Ammo agar bu daraxtlar masjid daromadi uchun ekilgan bo‘lsa, ya’ni ekkan odam “shu daraxtning mevalari mana shu masjid uchun daromad bo‘lsin” degan maqsadda ekkan bo‘lsa, yoki nima niyatda ekkani ma’lum bo‘lmasa, bu holatda ularni sotib, pulini masjid ehtiyojlariga sarflash zarur bo‘ladi. Shuning uchun, bu turdagi daraxtlarning mevalarini pulini to‘lamay yeyish joiz bo‘lmaydi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.