Yangiliklar
Poytaxtimizda Sohibqiron Amir Temurning 690 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya boshlandi
09.04.2026
7196
1 min.
Ayni payt O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Amir Temur va Temuriylar sivilizatsiyasining jahon tarixi va madaniyatida tutgan o‘rni va ahamiyati” mavzusida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur anjumanda Amir Temur merosi hamda Sharq Renessansi sivilizatsiyasining jahon tarixidagi o‘rni muhokama qilinmoqda.
Yig‘inda 20 dan ortiq mamlakatdan yuzlab olimlar va ekspertlar ishtirok etmoqda.




D.Hakimov,
F.Abdurasulov (surat),
O‘zA
MА`LUMOTNI IJTIMOIY TАRMOQLАRDА ULАSHING